Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Buyuk Britaniya hukumati vakillari hamda Özbekistondagi vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari uçun kommunikatsiyalarni rejalaştiriş va OAV bilan işlaş böyiça ötkazilgan seminar tinglovçilariga sertifikatlar topşirildi.

Tadbirda Agentlik direktorining birinçi örinbosari Dilşod Saidjanov, Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi Timoti Torlot, AOKA mas'ul xodimlari hamda yuzga yaqin taşkilot va idoralarning axborot xizmati rahbarlari iştirok etdi.

«Oçiğini aytganda, AOKA taşkil etilgunga qadar axborot maydonida davlat organlari va taşkilotlarining uluşi nihoyatda kam edi. E'lon qilinayotgan tanqidiy materiallarga rasmiy munosabatlar 10-15 foiz atrofida edi. Bugungi kunda esa axborot xizmatlarining faoliyati kuçayganligi bois tanqidiy materiallarning 86 foiziga öz vaqtida rasmiy munosabat bildirilyapti. Bu borada erişilgan yutuqlarni heç kim inkor eta olmaydi»,— dedi Dilşod Saidjanov.

Tadbirda Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi Timoti Torlot sözga çiqdi.

«Özbekistondagi faoliyatimda imzolagan eng birinçi hujjatlarimdan biri — ötgan yilning sentabr oyida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan özaro hamkorlik memorandumi bölgan edi. Bundan közlangan maqsad — Agentlik bilan özaro çuqur hamkorlik qiliş va hamkorlikni yangi çöqqilarga olib çiqişdan iborat. Axborot xizmatlariga ötgan beş oy davomida taqdim etilgan ma'lumotlar, maşğulotlar va seminarlar Buyuk Britaniyadagi 100 yillar davomida amalga oşirilgan tadqiqotlarning hosilasidir. Bu Özbekiston va Buyuk Britaniya hukumati örtasidagi hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biridir. Biz öz bilimlarimizni özbekistonlik mutaxassislar bilan örtoqlaşişdan baxtiyormiz va bu orqali yurtingizda axborot sohasidagi islohotlarga hissa qöşa olgan bölsak, bundan xursandmiz», - dedi elçi.

Seminarlarda faol iştirok etgan 98 nafar axborot xizmati rahbariga sertifikatlar topşirildi.