Özbekistonda davlat iştirokidagi korxonalarning boşqaruv organlariga top-100ta muvaffaqiyatli menejyerlardan iborat kadrlar zaxirasi şakllantiriladi. Bu haqda korporativ boşqaruvning zamonaviy tamoyillarini joriy etiş böyiça “Yöl xaritasi” loyihasida aytilgan.
Qayd etilişiça, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, “El-yurt umidi” jamğarmasi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi xalqaro moliya taşkilotlari (Jahon banki, OTB, YeTTB, Fransiya rivojlaniş agentligi) bilan birgalikda davlat iştirokidagi korxonalarning boşqaruv organlariga (ijro organi, mustaqil a'zo) top-100ta muvaffaqiyatli menejyerlardan iborat kadrlar zaxirasini şakllantiriş böyiça çora-tadbirlar köradi.
2020 yil avgust oyiga qadar kadrlar rezervini şakllantiriş va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi saytida e'lon qiliş möljallanmoqda.
Mas'ul ijroçilar - Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi, “El-yurt umidi” jamğarmasi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi, xalqaro moliya taşkilotlari.
Şuningdek, xalqaro moliya taşkilotlari bilan birgalikda muzokaralar olib boriş va ularning natijalariga köra mustaqil a'zolar böyiça kadrlar zaxirasini yaratiş böyiça xalqaro amaliyotni örgangan holda Kuzatuv kengaşi mustaqil a'zolari uyuşmasini taşkil etiş çoralarini köriş rejalaştirilgan.
2020 yil sentabr oyiga qadar Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Bundan taşqari, davlat uluşi ustun bölgan korxonalar kuzatuv kengaşi tarkibiga top-100ta muvaffaqiyatli menejyerlardan iborat şakllantirilgan kadrlar zaxirasidan kamida bitta, jumladan tegişli malaka va iş tajribasiga ega bölgan xorijiy mustaqil a'zoni kiritiş közda tutilgan.
2020 yil noyabr oyiga qadar Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi kompleks çora-tadbirlar, korxonalar boşqaruv organlari qarorlarini işlab çiqadi.












