Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar berişiça, mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi sudyasi O.Ilhomjonov raisligida körib çiqiladi.

Sudlanuvçi I.Isroilov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining «b» bandi, 168-moddasi 4-qismining «v» bandi, 168-moddasi 4-qismining «a», «v» bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş)ning 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş)ning 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) 2-qismining «a» bandi va 238-moddasi (yolğon guvohlik beriş) 3-qismining «a» bandi bilan ayblanuvçi tariqasida jinoyat işida iştirok etişga jalb qilingan va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan.

Sudlanuvçilar A.Maxmutaliyev, D.Qutpiddinov va O.Saidovga nisbatan ham Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblanuvçi tariqasida jinoyat işida iştirok etişga jalb qilingan va ularga nisbatan «garov» ehtiyot çorasi qöllangan.

Uşbu jinoyat işi böyiça 300dan ortiq jabrlanuvçi va fuqaroviy da'vogarlar mavjud.

Ayblov xulosasi böyiça moddiy zarar miqdori 7,9 milliard sömdan ortiq (7 906 800 200) bölib, şundan dastlabki tergov mobaynida 1,8 milliard sömdan ortiq (1 845 800 000) miqdorini bartaraf etiş çorasi körilgan.

Dastlabki tergovda xatlangan mol-mulk - 4ta «Lasseti», «Spark» va «Malibu» rusumli avtomaşinalar baholangan hamda Yunusobod tumani Kulolqörğon köçasida joylaşgan xonadonga taqiq qöyilgan.

«Jabrlanuvçilar köpligi va turli hududlardan bölgani bois, ularni sud majlislarida iştirok etişi yaşaş joylaridagi sudlar binolarida örnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta'minlanadi», deyiladi Oliy sud matbuot xizmati axborotida.