25 fevral kuni e'lon qilingan prezident farmoniga asosan, Işmetov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga ötkazilgan Jamşid Qöçqorovning örnini egalladi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasidan Kun.uz`ga ma'lum qilişlariça, Timur Işmetov nomzodini vazir sifatida tasdiqlaş masalasi palataning 24 fevraldagi yalpi majlisida körib çiqilgan va taklif ma'qullangan.

Timur Aminjanoviç 2019 yil mayidan buyon Moliya vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi. Bunga qadar esa 2 yil davomida Markaziy bank raisining birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Timur Işmetov 1979 yilda Toşkentda tuğilgan. 2000 yilda Toşkent moliya institutining «Moliya va kredit» fakulteti, 2005 yilda Birmingem universitetining International Money and Banking yönalişida magistratura bosqiçini, 2007 yilda -Toşkent yuridik universitetining huquqşunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodçisi lavozimidan boşlagan. 2017 yil apreligaça turli lavozimlarda faoliyat körsatgan. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boşqariş departamenti, Içki valuta bozoridagi operatsiyalar va Valuta boşqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qilgan, 2017-2019 yillarda Markaziy bank raisi örinbosari bölgan.

Işmetovning örniga, Moliya vazirining birinçi örinbosari etib Omonullo Zabixullayeviç Nasriddinxöjayev tayinlandi.

Foto: Omonulla Nasritdinxöjayev / Facebook

Nasriddinxöjayev şu vaqtgaça prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, investitsiyalar va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş böyiça maslahatçisi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

U 1971 yilda Toşkent şahrida tuğilgan,  millati özbek, ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toşkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi «SDA Bocconi» menejment maktabini tamomlagan, şuningdek, 2016 yilda Harvard Biznes maktabi ilğor menejment dasturini tamomlagan. U turli yillarda Alişer Usmonov boşqaruvidagi USM Holdings tarkibidagi kompaniyalarda faoliyat körsatgan.