Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi
Hisobot davrida 373,8 mln dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi
Foto: Valentin Ogirenko / Reuters
2020 yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 2,9 mlrd dollarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 251,9 mln. dollarga kamaydi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, TSAda eksport hajmi 1,2 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati – 4,9 foiz) va import hajmi 1,6 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati – 8,7 foiz) yetdi. Hisobot davrida - 373,8 mln. dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
O‘zbekiston jahonning 129 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,5 foiz), Rossiya Federatsiyasida (16,0 foiz), Qozog‘istonda (7,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,5 foiz), Turkiyada (5,7 foiz), Afg‘oniston (1,7 foiz) va Germaniyada (1,6 foiz) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (48,3 mln. AQSh dollari), Turkiya (26,9 mln. AQSh dollari) Tojikiston (18,6 mln. AQSh dollari), Qirg‘iz Respublikasi (14,3 mln. AQSh dollari), BAA (4,3 mln. AQSh dollari) va Eron (2,3 mln. AQSh dollari). Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
2020 yil yanvar oylida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 33,7 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasining o‘tgan yilga nisbatan o‘sishi 9,1 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
13:43 / 23.01.2026
O‘zbekiston tashqi savdosi: Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar
17:36 / 22.01.2026
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
16:35 / 22.01.2026
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
14:20 / 22.01.2026