Google kompaniyasi Google Translate onlayn-tarjimonini yana 5 ta til bilan boyitdi. Unga jumladan turkman va uyğur tillari ham kiritildi.
Bu haqda The Verge naşri xabar berdi.
Tarjimonda endilikda ruanda, oriya, tatar, turkman va uyğur tillarida tarjimalarni bajariş mumkin.
Ta'kidlanişiça, dunyoda bu tillarda sözlaşuvçi odamlar soni 75 mlnga yaqinni taşkil qiladi. Endilikda tarjimonda hammasi bölib 108 ta til bor.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, avval dasturni bu tillar bilan töldirişda ularda yozilgan onlayn materiallar, ular böyiça yordam qila oluvçi mutaxassislar yetarli bölmagani tösqinlik qilgan.
Hozirça dasturning 1 foiz foydalanuvçilarigina yangi imkoniyatdan foydalana oladilar, ammo keyingi kunlar davomida bu körsatkiç tobora oşib boradi.












