Londonda AQŞ içki daromadlar xizmati (IRS) tomonidan sud eşituvlari boşlanganidan söng Tinkoff Bank asosçisi Oleg Tinkovni uşlaşga order berildi. Bu haqda TCS Group Holding (TCSGH) guruhi 

Daily Express gazetasining xabar berişiça, Tinkov 20 mln funt sterling miqdorida garov puli tölagan.

AQŞ içki daromadlar xizmati Tinkovga nisbatan da'vo qözğagani haqida 28 fevralda ma'lum bölgandi.

TCS Group Holding da'vo «soliq masalalari»ga oid ekanligini xabar qildi, keyinroq gap IRS Tinkovni soliq tölovlarini kamaytirib körsatişda ayblayotgani haqida ekanligini bildirdi. Biznesmen 2013 yilgi daromadlari töğrisidagi soliq deklaratsiyasida notöğri ma'lumotlarni körsatgan, deb yozadi Daily Express.

Sud eşituvlari davomida Tinkov Londonni tark eta olmaydi. Bundan taşqari, u 19:00dan 7:00gaça Londondagi uyida bölişi va haftada uç marta politsiya mahkamasiga uçraşi kerak böladi.

Tinkov 2018 yilda AQŞ moliya vazirligining «Kreml dokladi» — Vladimir Putinga yaqin şaxslar röyxatiga kiritilgan.

Uning boyligi 2 mlrd 200 mln dollar deb baholanadi.