Örta Osiyo moliya-iqtisod instituti, Toşkent moliya-iqtisod instituti, Toşkent xalq xöjaligi instituti kabi bir qança tarixiy nomlarga ega hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 1931 yil 13 avgustda taşkil topgan.

Oliygohga sobiq ittifoq xalq komissarlari kengaşi qaroriga muvofiq asos solingan bölib, u dastlab Turkiston davlat universitetining iqtisodiyot va jamiyatşunoslik fakultetlari tarkibida bölgan, 1931 yil 15 fevralda alohida institut sifatida şakllangan.

Ötgan davr mobaynida mazkur maskandan önlab akademiklar, yuzlab fan doktorlari yetişib çiqdi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uçun 200 mingdan ortiq kadrlar yetkazib berildi.

Universitetning bugungi faoliyati

2021 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 90 yoşga töldi. Hozirda universitetda 5 ta fakultet (Iqtisodiyot, Korporativ boşqaruv, Moliya va buxgalteriya, Xalqaro turizm, Raqamli iqtisodiyot), 31 ta ta’lim yönalişi, 34 ta mutaxassislik bor.

Oliygohda umumiy hisobda 18 126 nafar talaba tahsil oladi. Ularga 898 nafar professor-öqituvçi ta’lim beradi. Şundan 2 nafari akademik, 88 nafari fan doktori bölsa, qolgan 225 nafarini fan nomzodlari va PhD darajasiga ega pedagog-xodimlar hisoblanadi.

Qöşma ta’lim dasturlari

Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti xorijiy 9 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda qöşma ta’lim dasturlarini amalga oşirib kelmoqda. Bular: Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti, Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti, Sankt-Peterburg davlat transport universiteti, Ufa davlat neft-texnika universiteti, Qirğiziston iqtisodiyot universiteti, Indoneziya ta’lim universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining Milliy yadroviy tadqiqot universiteti va Moskva tadbirkorlik akademiyasi. Jami 1441 nafar talaba uşbu qöşma ta’limda tahsil olişmoqda.

Qöşma ta’lim dasturlari orasida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bir yilga yaqin muddat davomida olib borilgan muzokaralar natijasida London universiteti va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) bilan kelişuvga erişib, hamkorlikda yölga qöygan ISEF (International School of Economics and Finance) qöşma ta’lim dasturi alohida e’tiborga loyiq.