Qayd etilişiça, Nodir Idiyev “Asaka bank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi işlari sabab qidiruvga berilgan.  N.Idiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoyat işi oçilgan.

“N.Idiyevga qöyilayotgan ayblov uning Toşkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan boğliq emas.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini esa uşbu vaziyat yuzasidan (ortiqça börttirişlarsiz) xolis axborot tarqatişga çorlab qolamiz”, deyiladi universitet rasmiy munosabatida. 

Ma'lumot uçun, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan. Bu haqda içki işlar vazirligi rasmiy saytidagi «Diqqat qidiruv» bölimida ma'lumot paydo bölgan.

Nodir Idiyev «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan vaqtida Osiyo taraqqiyot banki mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan 2 million AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablağlarini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yöli bilan qölga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

Gazeta.uz'ning yozişiça, Nodir Idiyev «Narxoz»dan 2021 yil iyul oyida mehnat ta'tiliga çiqib, qaytib bormagan.