2 mart kuni Interpol milliy markaziy byurosida ötkazilgan matbuot anjumanida Tergov departamenti bölim boşliği Azizbek Dolixöjayev «Avto oltmish oy» MJÇ faoliyati böyiça qöşimça ma'lumotlar berdi.

«Tergov davomida 18 818 nafar mijoz jamiyatga 57 milliard 412 million söm tölov qilgani aniqlandi. Şundan mijozlarga avtomaşina sotib olib beriş uçun «Qibray avto-moto servis» MÇJga 24 milliard 6 million söm köçirib berilgan, bu pulga 130ta maşina sotib olingan, şundan 96tasi mijozlarga yetkazib berilgan, xolos.
Maşina yetkazib berilgan fuqarolar ham jabrlanuvçi sifatida tergovga jalb qilingan. Sababi ularga yetkazib berilgan avtomobillar ham odamlar tomonidan jamiyat hisobiga tölangan pullarga sotib olingan. Ertaga uşbu maşinalar ham jinoyat işi doirasida yetkazilgan zararni qoplaşga qaratiladigan bölsa, ularning egalari jabrlanuvçiga aylanib qolişi mumkin. Çunki ular avtomaşina uçun faqat boşlanğiç va boşqa tölovlarni tölagan. Avtomobil tannarxining qolgan qismi odamlar tölagan pullar hisobidan qoplangan», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda «Qibray avto-moto servis» MÇJdan sotib olingan, biroq mijozlarga yetkazib berilmagan 34ta maşina «Avto oltmish oy» MÇJ rahbari va boşqa mansabdorlari tomonidan jinoiy yöllar bilan özlaştirilgani, jamiyat ehtiyojlari uçun işlatilgani ma'lum qilindi.
Qayd etilişiça, tergov davomida aniqlangan 28ta turli rusumdagi umumiy bahosi 2,1 milliard sömga teng bölgan transport vositalarini xatlaş çoralari körilmoqda.
«96 nafar mijozga maşina olib berilgan. Deylik, men mijoz sifatida borib 3 mln tölagan bölsam, 80 millionlik maşina olib berilgan. 80 mln sömni men 60 oy mobaynida tölaşim kerak edi. Bu boşqa odamlarning firmaga tölagan puli evaziga olingan.
Şu sababli «Avto oltmish oy» MÇJdan maşina olgan fuqarolarga töğri tuşuntirgan holda imkoniyat beryapmiz. Dastlabki tergov yakuniga qadar maşinaning pulini töliq tölab berişsa, keyinçalik sud orqali maşinaga egalik huquqini saqlab qolişlari mumkin. Agar pullar qaytarilmaydigan bölsa, 96ta maşina qonunda belgilangan tartibda xatlanişi va hozirgi egalaridan olib qöyilişi mumkin», deydi Tergov departamenti boşliği örinbosari – Jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi boşliği Oybek Qulbekov.








