2 mart kuni Interpol milliy markaziy byurosida ötkazilgan matbuot anjumanida Tergov departamenti boşliği örinbosari – Jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi boşliği Oybek Qulbekov «Avto oltmish oy» MJÇ faoliyati böyiça qöşimça ma'lumotlar berdi.
«Bu jinoyatni Jamşid Bahodirov bir özi sodir qilgan deb aytolmaymiz. Uning jinoiy şeriklari bor va ular birgalikda şu sxemani öylab topib amalga oşirişgan. Pul mablağlarini yiğiş, odamlarni jalb qiliş, turli şartnomalar tuziş – bularni Harvardni tugatgan bölsa ham bitta insonning qölidan kelmaydi, jismonan ham ulgurmaydi.

Jinoyat işi doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgan yana bir qança şaxslar bor, jinoyat işiga daxldor bölganlarni aniqlaş haligaça davom etmoqda», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Avto oltmish oy» MÇJ mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan avtomaşina olib berişni va'da qilib, salkam 19 ming kişi bilan şartnoma tuzgan, biroq ularning atigi 96 nafariga avtomobil olib berilgan. Bu avtomobillar ham odamlar tomonidan jamiyat hisobiga tölangan pullarga sotib olingani uçun jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida xatlanişi mumkin.
Matbuot anjumanida jabrlanuvçilarga yetkazilgan umumiy zararning undirilgan qismi 34 milliard 148 million söm ekani, şundan 26 milliard sömi naqd pul şaklida, xatlangan mol-mulklar esa 8 milliard 148 million sömdan iboratligi, hozirda turli rusumdagi umumiy bahosi 2,1 milliard sömga teng bölgan 28ta transport vositalarini xatlaş çoralari körilayotgani ma'lum qilindi.
«Jamiyatning 18 mingdan ortiq abonenti bölgan. Farğona, Andijon yoki istalgan boşqa hududni oladigan bölsak, bitta viloyatdan örtaça 3 ming odam pul topşirgan. Uç ming kişini töliq söroq qilib, tergov materiallarini tahlil qilmagunimizça, odamlarni jalb qiliş va ulardan pul yiğiş jarayonida qança odam iştirok etganiga baho berib bölmaydi.

Tergov materiallari tahlil qilib çiqilganidan keyin odamlardan pul yiğişga yordam bergan, boşqa turli vazifalarni bajargan şaxslarning harakatlariga qonuniy baho beriladi. Şu sababli ayni paytdagi ayblanuvçilar doirasi töliq emas. Ularning soni yana köpayişi mumkin», – deydi Oybek Qulbekov.
















