Avvalroq, 400 ga yaqin fuqaroni çuv tuşirgan “Xumo house car” işi sudga oşirilgani, jinoiy guruh a’zolari orasida “Avto 60 oy” işi böyiça 8 yilga qamalib, bor-yöği 2 yil-u 10 oy “ötirib” çiqqan Jamşid Bahodirov ham borligi haqida xabar bergandik.
2024 yil 9 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudida “Avto 60 oy” MÇJ rahbari Jamşid Bahodirov, “Xumo vines” nomi bilan tanilgan bloger Humoyun Maxamadjonov va “Media+24” MÇJ rahbari Abdulloh Alimjonovga sud hukmi öqildi.
Unga köra, Jamşid Bahodirov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan tayinlangan va ötalmay qolgan jazoni qisman qöşiş yöli bilan Jamşid Bahodirovga 9 yil 8 oy ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo qattiq tartibli kaloniyalarda ötalişi belgilangan.
Abdulloh Alimjonov esa Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Humoyun Maxamadjonov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilgan va 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Şuningdek, aybdorlardan jabrlanuvçilar va fuqaroviy da’vogarlarning foydasiga yetkazilgan zararlar undiriş belgilangan.
Jamşid Bahodirov “Avto 60 oy” rahbari sifatida tanilgan. U mazkur iş doirasida minglab odamlar bir neça ön mlrd sömga çuv tuşirgandi. Tergov ma’lumotiga köra, öşanda “Avto 60 oy” MÇJ ta’sisçisi va boşqa mansabdorlari fuqarolarga foizsiz, pulini 5 yil davomida bölib-bölib tölaş şarti bilan avtotransport olib berişni va’da qilib, odamlardan transport vositasi turiga qarab 2 mln sömdan 10 mln sömgaça pul olgan. Ular 16 mingdan ortiq mijozdan jami 57 mlrd 412 mln söm yiğişgan







