Britaniyalik jahon çempioni Entoni Joşua 20 iyun kuni “Tottenhem” stadionida Kubrat Pulev bilan jang ötkazadi. 

38 yoşli bolgariyalik boksçi WBA, IBF va WBO kamarlari sohibi bölgan Joşua bilan jang qilişga yaqin turibdi. Dekabr oyida Endi Ruis ustidan ğalaba qozonganidan söng Entoni Joşua uşbu yönalişdagi kamarlarga ega çiqqan edi.  

“Men özimning dunyoda tengsiz ekanligimni isbot qiliş imkoniyatiga ega bölganligimdan xursandman”, - dedi Pulev öz intervyusida. 

Entoni Joşua va Kubrat Pulev

Bu Joşuaning 2018 yil sentabr oyida “Uembli”da Aleksandr Povetkinni mağlubiyatga uçratganidan beri Buyuk Britaniyada ötkazadigan dastlabki jangi böladi. 

Aslida, Joşua Pulev bilan 2017 yilning oktabr oyida Kardifning “Principality” stadionida jang qilişi kerak edi, ammo bolgariyalik boksçining yelkasidan olgan jarohati tufayli jang qoldirilgan edi. 

Pulev 2015 yilning noyabr oyida Vladimir Kliçkodan nokautga uçragan. U 29 jang ötkazib, ularning 28tasida ğalaba qozongan. 2018 yilning oktyabriga kelib Bolgariyada angliyalik Xyui Fyurini oçkolar böyiça mağlubiyatga uçratgan edi.