Uşbu konferensiyada dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar iştirok etmoqda.

Xususan bugun, tadbirning birinçi kunida Forumlar saroyida xalqaro konferensiyaning yalpi yiğilişi bölib ötişi kutilmoqda.

Ukraina boş imom xatibi, muftiysi Ahmad Tamim konferensiyaning ahamiyati haqida töxtalib, quyidagilarni gapirdi:

“Mazkur konferensiyada qatnaşiş barça musulmonlar qatori meni ham xursand qilmoqda. Aytiş lozim, Imom Abu Mansur Moturidiyning islom dini ravnaqiga qöşgan hissasi beqiyosdir. U zot Samarqandning Moturid qişloğida tuğilib ösgan, hadis va fiqh ilmining ravnaqiga ulkan hissa qöşgan. Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida öz munosib örniga ega bölgan diniy arboblardan hisoblanadi. Çunki, alloma yaşagan davrda, islom dinida turli guruh va firqalar soni köpayib ketganligi sababli köplab ixtiloflar kelib çiqqan. Ana şunday vaziyatda Imom Moturidiy islom dinning asl mohiyatini oçib beriş, sof islomiy aqidani saqlab qoliş borasida beqiyos işlarni amalga oşirgan. Mazkur tadbir buyuk imomning ilmiy merosini örganiş va keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etişiga işonaman”.

Konferensiya qatnaşçilari bugun “Moturidiya ta'limoti va hozirgi zamon” hamda “Zamonaviy davlat şaroitida diniy qadriyatlarni asrab-avaylaş va rivojlantiriş” mavzuida ikki şö'baga bölingan holda faoliyat olib boradi.

Eslatib ötamiz, xalqaro konferensiya 5 martga qadar davom etadi.