2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada milliy madaniy markazlar va döstlik jamiyatlari faoliyatini samaradorligini oşiriş hamda soha vakillari mehnatini munosib rağbatlantiriş maqsadida “Xalqlar döstligi” kökrak nişonini ta'sis etiş nazarda tutiladi.

Şuningdek, yurtimizda “Xalqlar döstligi va umumxalq birdamlik kuni” joriy etiladi. 2020 yil 1 iyulga qadar Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi tayyorlanadi.

Loyihada yurtimizda millatlararo totuvlik, döstlik va hamjihatlik tuyğusini yanada mustahkamlaş maqsadida “Xalqlar döstligi va umumxalq birdamlik kuni”ni joriy etiş nazarda tutiladi.

Bundan taşqari, “Döstlik haftaligi” va “Döstlik” xalqaro forum-festivalini ötkaziş möljallangan. 2020 yil 1 iyulga qadar Vazirlar Mahkamasi farmoyişi loyihasi işlab çiqiladi.

Loyihada “Döstlik haftaligi”, “Döstlik” xalqaro forum-festivali va boşqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarni taşkil etiş hamda ötkaziş böyiça amaliy çora-tadbirlar nazarda tutiladi.