Qaşqadaryo viloyatida Xalq deputatlari Qarşi tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi prezidentining maslahatçisi Şerzod Qudbiyev, Qaşqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev iştirok etişdi.

Sessiyada Viloyat mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliğining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Maqsuda Sayfullayevna Mustafoyeva Qarşi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Avvalroq şu kungaça Qarşi tumanining hokimi lavozimida işlab kelgan Ğayrat Begaliyev Mirişkor tumaniga hokim etib tayinlangan edi.
Ma'lumot uçun, Maqsuda Mustafoyeva Özbekistondagi törtinçi ayol hokim böldi. Bungaça Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne'matova, Andijon viloyati Böston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim etib tayinlangan edi.







