Bugun, 4 mart kuni xalq deputatlari Töraqörğon tumanida faollar yiğilişi bölib ötdi.

Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov va Özbekiston Respublikasi prezidentning  kadrlar böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari Qahramon Quronboyev iştirok etgan yiğilişda Töraqörğon tumani hokimi Ğulomjon Sobitxöjayeviç Murodxöjayev öz lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilindi.

Kun.uz manbasi xabar berişiça, endilikda Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Töraqörğon tumani hokimi etib tayinlangan.

Zulayho Mahkamova 1968 yilda Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida tuğilgan. 1989 yili Namangan davlat pedagogika instituti va keyinçalik Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi öqituvçi-pedagog.

U turli yillarda Yangiqörğon tumani hokimi örinbosari - tuman xotin-qizlar qömitasi raisi, Fermer va dehqon xöjaliklari uyuşmasi Yangiqörğon tumani vakilligi, Fermerlar uyuşmasi Yangiqörğon tumani fermer xöjaliklariga xizmat körsatiş markazi direktori, Namangan viloyati kasaba uyuşma taşkilotlari birlaşmasi raisi, Namangan viloyati hokimi örinbosari - viloyat xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Zulayho Mahkamova 2018 yilning aprel oyidan ayni vaqtda tugatilgan Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

Ma'lumot uçun, Zulayho Mahkamova endilikda Özbekistondagi beşinçi ayol hokim böldi. Bungaça Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga Dilfuza Uralova, Buxoro viloyati Olot tumaniga Nargiza Ne'matova, Andijon viloyati Böston tumaniga Sadbarxon Mamitova, Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumaniga Maqsuda Mustafoyeva hokim etib tayinlangan edi.