Gretsiya hukumati mamlakatga 1 martdan keyin kelgan migrantlarni deportatsiya qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Gretsiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Petsas ma'lum qildi.
Uning qayd etişiça, 1 martdan boşlab mamlakat hududiga noqonuniy ravişda kirib kelgan migrantlar töğrisidagi ma'lumotlar qayd etilmaydi va ular boşpana berişni sörab murojaat qila olmaydi.
"Noqonuniy ötganlar yopiq markazlarga joylaştiriladi va ularni deportatsiya qiliş jarayoni boşlanadi. Hukumat hozirda Afina va Salonikida yopiq markazlar taşkil etiş masalasini körib çiqmoqda", - dedi Petsas.
Hukumatdagi manbalarning ma'lumot berişiça, 29 fevraldan 5 martgaça Gretsiyaga noqonuniy ötiş uçun qilingan 34 ming 778ta urinişning oldi olingan. Jami 244 kişi hibsga olingan.
Ötgan haftada Turkiya migrantlarning yangi tölqinini tutib tura olmasligini bildirib, qoçqinlar uçun YeI bilan çegaralarini oçib yuborganini ma'lum qildi. Şundan söng minglab migrantlar Yevropaga ötiş ilinjida Gretsiya çegarasiga yopirildi.
Erdöğan Suriyaning Idlib provinsiyasida aviazarbalar natijasida 30 nafar turk harbiysi halok bölganidan söng çegarani oçişga qaror qildi.












