Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiya işida Prezident maslahatçisining örinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov iştirok etdi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Namangan şahar hokimligi axborot xizmati xabar qilişiça, şu paytgaça «Özagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelgan Olimjon Isayev Namangan şahar hokimi etib tayinlandi.

Olimjon Isayev 1972 yili Namanganda tuğilgan. Toşkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan. 

Namangan şahridagi «Ifoda agro kimyo himoya» korxonasi direktori, viloyat fermerlar kengaşi raisi, «Mexmaş» MÇJ kuzatuv kengaşi raisi vazifalarida işlagan. 2018 yil may oyidan beri  «Özagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boşqaruviga raislik qilib kelayotgandi. 

Eslatib ötamiz, Namangan şahrining sobiq hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov 5 mart kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.