Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Germaniya kansleri Angela Merkelga “Turkiya va YeI örtasidagi qoçqinlar böyiça kelişuv bajarilmayotgani tufayli uni qayta körib çiqiş zarur”ligini aytdi.

Bundan taşqari, Turkiya rahbari "Gretsiya YeIning ta'sis şartnomasi va Jyeneva konvensiyasini inkor qilişga urinişi xalqaro huquq normalariga zid" ekanligini qayd etdi.

Ötgan haftada Turkiya migrantlarning yangi tölqinini tutib tura olmasligini bildirib, qoçqinlar uçun YeI bilan çegaralarini oçib yuborganini ma'lum qildi. Şundan söng minglab migrantlar Yevropaga ötiş ilinjida Gretsiya çegarasiga yopirildi.

Ma'lumotlarga köra, 29 fevraldan 5 martgaça Gretsiyaga noqonuniy ötiş uçun qilingan 34 ming 778ta urinişning oldi olingan. Jami 244 kişi hibsga olingan.

Gretsiya hukumati mamlakatga 1 martdan keyin kelgan migrantlarni deportatsiya qilişni rejalaştirmoqda.