"Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi özgartişlar kiritiladi:
104-moddaning (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) ikkinçi qismining “k” bandi (bir guruh şaxslar tomonidan sodir etilgan bölsa - beş yildan sakkiz yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi) quyidagi mazmundagi “k” va “l” bandlar bilan almaştiriladi:
“k) bir guruh şaxslar tomonidan;
l) sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni işlatib sodir etilgan bölsa”;
105-modda (Qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) ikkinçi qismining “l” bandi (öta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bölsa - uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi) quyidagi mazmundagi “l” va “m” bandlar bilan almaştiriladi:
“l) öta xavfli retsidivist tomonidan;
m) sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni işlatib sodir etilgan bölsa”.








