Davlat rahbari matbuot xizmatiga köra, tantanada Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimiz xotin-qizlarini bayram bilan muborakbod etib nutq sözladi.
– Yer yuzida insoniyat paydo bölibdiki, odamzot muqaddas Ona siymosini, mötabar ayol zotini uluğlab, hamişa şaraflab keladi. Onalarimiz şarofati bilan Vatanimiz tuproği jannat boğlaridek gözal va bebahodir. Onalar duosidan yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, işimizda unum, hayotimizda baraka bor, – dedi davlat rahbari.

Bildirilişiça, mamlakatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlaşga katta e'tibor qaratilmoqda. Ayollar oilasini sarişta saqlaş bilan birga jamiyat va davlat işlarida ham faollik körsatmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 32 foizini xotin-qizlar taşkil etdi. Bu körsatkiç Senatda va mahalliy kengaşlarda 25 foizdan oşdi.

Özbekiston tarixida birinçi marta milliy parlamentda ayollar soni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatimizning qonun çiqaruvçi organi ayol deputatlar soni böyiça dunyodagi 190 ta milliy parlament örtasida 37-öringa kötarildi. Holbuki, bundan 5 yil avval 128-örinni egallab turgan edik.
Muhtarama ayollarning 16 nafari eng oliy mukofot – “Özbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bölgan. Davlat va jamoat taşkilotlari tizimida 1 ming 380 nafardan ziyod xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida işlamoqda. Ularning safi tobora kengayib boryapti. Şu kunlarda taşabbuskor va taşkilotçi ayollar tuman va şahar hokimi lavozimlariga tayinlanmoqda.
Işlab çiqariş, ta'lim-tarbiya, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport sohalari rivojida ham nazokat va latofat egalarining munosib hissasi borligi qayd etildi, deyiladi ma'lumotda.













