7 martdan 8 martga ötar keçasi soat taxminan 23:30 atrofida Parkent tumani dehqon bozorida yonğin çiqdi.
Dastlabki xulosalarga köra, yonğinning kelib çiqişiga elektr energiyasidan notöğri foydalaniş sabab bölgan. Halok bölganlar, jarohatlanganlar yöq.
«Voqea joyiga keça tunda viloyat hokimi Rustam Xolmatov bordi va yonğin sabablarini çuqur örganiş, oqibatlarini bartaraf etiş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berdi», deyiladi Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.
Ayni paytda yonğin töla öçirilgan, hududda viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, IIBB, tuman hokimligi mutasaddilari bölib turişibdi. Yonğin-qutqaruv xizmati xodimlari iş olib bormoqda.
FVV matbuot xizmatining xabar berişiça, yonğinni bartaraf etişga 11ta asosiy yonğin öçiriş avtomobili va 10dan ortiq yordamçi texnika jalb qilindi. Soat 02:25da yonğin tarqalişining oldi olingan bölsa, soat 03:50da batamom öçirilgan.
Yonğindan 3000 kv. m.maydon saqlab qolindi.
Yonğin natijasida halok bölganlar va tan jarohati olganlar yöq. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Bozor faoliyati vaqtinça töxtatilgan.












