Bugun, 8 mart kuni Toşkentdagi «Özekspomarkaz» Milliy körgazmalar kompaniyasi pavilonida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.

Tadbirda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va vatan ravnaqi, xalq farovonligi, soğlom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlaş yölidagi munosib xizmatlari uçun bir guruh xotin-qizlarni yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotladi.

Prezident bayram tabrigida haj ziyorati uçun yiqqan mablağini mahalladoşlariga beğaraz yordamga sarflagan riştonlik tadbirkor Izrabu Usmonova, qişloq ahli uçun öz hisobidan «Mumtoz» nomli katta kutubxona oçgan sayxunobodlik Gavhar Husanova, 32 yoşida Amerika Qöşma Ştatlaridagi nufuzli Kolumbiya universitetining professori bölgan Aziza Şonazarova kabi xotin-qizlarning faoliyatini alohida ta'kidladi.

Bayram tadbirida qatnaşgan Kun.uz muxbiri faoliyati prezident tomonidan e'tirof etilgan xotin-qizlarning bir neçtasi bilan suhbatlaşdi.

«Orden berişlaridan xabarim yöq edi»

Aziza Şonazarova

«Bugun hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri. Prezident meni «Döstlik» ordeniga loyiq kördi. Rosti, bundan xabarim yöq edi», – deydi bayram va mukofotlaniş xursandçiligi bilan gapirgan Aziza Şonazarova.

— Mukofotni olayotganda Şavkat Mirziyoyev bilan bir neça daqiqa suhbatlaşdingiz. Ayting-çi, prezident sizga nima dedi?

— Aziza, biz siz bilan faxrlanamiz. Özbekistonga tez-tez kelib turing, dedi.

Men Özbekistonga yilda bir-ikki marta kelib turaman.

Markaziy Osiyoda tasavvufning rivojlanişida ayollarning qöşgan hissasi mavzusiga qiziqaman. Doktorlik dissertatsiyam ham Markaziy Osiyoda söfiy ayollar va gender tarixi bilan boğliq.