"Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida"gi Özbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi e'lon qilindi

Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi qöşimçalar kiritiladi:

quyidagi mazmundagi 185-2 va 185-3-moddalar bilan töldiriladi:

 “185-2-modda. Sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş

 Kasbiy yoki sport faoliyati yoxud maişiy maqsadlarda foydalaniş bilan boğliq bölmagan holda, sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan, sport va xöjalik-maişiy maqsadlar uçun möljallangan aşyolarni jamoat joylarida olib yuriş - sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.

Özini özi himoya qiliş maqsadida fuqaroviy qurolni (bundan özini özi himoya qiliş quroli mustasno), sovuq qurolni hamda sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan, sport va xöjalik-maişiy maqsadlar uçun möljallangan aşyolarni olib yuriş - sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravaridan yigirma baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi.

 185-3-modda. Sovuq qurollarning qonunga hilof muomalasi

 Tiğining yoki keskiçining (damining) uzunligi töqson millimetrdan ortiq bölgan, tugmasi yoki pişangi bosilganda sopidan avtomatik ravişda çiqariladigan va mahkamlanadigan yoxud oğirlik kuçi yoki tezkor harakat hisobiga surilib çiqadigan hamda avtomatik ravişda örnaşadigan tiğli sovuq qurol va piçoqlarning, şuningdek qurol sifatida qöllaş uçun maxsus moslaştirilgan zarb berib-parçalovçi va uloqtiruvçi ta'sirga ega aşyolarning (gurzilar, kastetlar, surikenlar, bumeranglar va boşqa aşyolarning) qonunga xilof ravişda işlab çiqariş, tayyorlaş, taşiş, saqlaş, jönatiş, ulardan foydalaniş, xuddi şuningdek ularni qonunga xilof ravişda Özbekiston Respublikasiga olib kiriş (Özbekiston Respublikasidan olib çiqiş) yoki ötkaziş - sovuq qurol hamda sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigaça miqdorda jarima solişga yoxud ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi”.