O‘zbekistonning JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari qoldirilishi mumkin
FIFA OFK bilan kelishgan holda JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni qoldirishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida e'lon qilindi.
«FIFA OFK bilan kelishgan holda JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlarni qoldirishga qaror qildi. 23-31 mart, 1-9 iyun kunlari o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinlar keyinroq o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Lekin jamoalar o‘zaro kelishgan holda o‘yin ishtirokchilari xavfsizligi ta'minlanishi sharti bilan uchrashuvlarni o‘z vaqtida o‘tkazishi mumkin. Faqat bunday holatda OFK hamda FIFAning roziligi olinishi kerak»,— deyiladi bayonotda.
FIFA koronavirus tarqalish xavfi sabab shunday qarorga kelgan. Yuqorida ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston uchta o‘yin o‘tkazishi kerak edi va endilikda Yaman (31 mart), Singapur (4 iyun) va Saudiyaga qarshi (9 iyun) o‘yinlari noma'lum muddatga qoldirilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:25 / 01.10.2024
O‘zbekiston milliy jamoasining BAA va Eronga qarshi o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilari ma’lum bo‘ldi
22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
18:42 / 11.09.2024
Kim qanday o‘ynadi? Milliy jamoaning dastlabki ikki o‘yiniga nazar
20:58 / 10.09.2024