Buxoro va Qöqon kabi strategik ahamiyatga ega şaharlarda zamonaviy infratuzilmaning paydo bölişi davlat va xususiy kompaniyalarga zarur IT-resurslardan bevosita hududlarning özida foydalaniş imkoniyatini oçib beradi. Korxonalar “colocation” xizmati doirasida server xonalarini quriş va ularga xizmat körsatiş uçun kapital xarajatlar qilmasdan öz uskunalarini joylaştirişi yoki UzCloud bulutli platformasida virtual maşinalarni ijaraga olişi mumkin böladi. Xuddi şunday xizmatlar Toşkentdagi yangi maʼlumotlar markazida ham taqdim etiladi.

UzCloud’ning geografik taqsimlangan infratuzilmasi beşta maʼlumotlarni qayta işlaş markazini (MQIM) yagona bulutli konturga birlaştiradi. Bu tizimning işdan çiqişga çidamliligini, yirik avariyalardan himoyani va biznes jarayonlarining uzluksizligini taʼminlaydi – agar maydonçalardan birida nosozlik yuz bersa, tizimlar boşqasida işlaşda davom etadi. Muhim ahamiyatga ega IT-tizimlar uçun favqulodda vaziyatdan söng tiklaş böyiça qöşimça xizmat – DRaaS (Disaster Recovery as a Service) mavjud. U zaxira maydonçasi, maʼlumotlardan nusxa köçiriş va biznes talablariga muvofiq oldindan sozlab qöyilgan tiklaş rejasini öz içiga oladi. Xususan, uşbu reja qança maʼlumotni yöqotiş mumkinligini va tizimni qança vaqt içida tiklaş zarurligini belgilaydi. Natijada kompaniyalar yagona bulut doirasida işonçli, falokatga bardoşli arxitekturaga ega böladi.

Uptime Institute tomonidan berilgan Tier III maqomi maʼlumotlar markazining barça asosiy muhandislik tizimlari zaxiralanganini tasdiqlaydi. Xizmatlarning uzluksizligi va işdan çiqişga çidamliligini taʼminlaş uçun MQIM qöşaloq sovitiş va elektr taʼminoti tizimlari hamda zaxira tarmoq kanallari bilan jihozlangan. Şahar elektr taʼminoti uzilib qolsa, uzluksiz quvvat manbalari va dizel-generatorlar işga tuşadi. MQIM va unda joylaşgan jismoniy yoki bulutli IT-infratuzilma öz işini uzilişlar va töxtalişlarsiz davom ettiradi.

Maʼlumotlar markazlarining jismoniy xavfsizligi öta muhim IT-infratuzilma obyektlariga qöyiladigan talablarga töliq javob beradi. Ularning hududida keça-yu kunduz kiriş nazorati va videokuzatuv taşkil etilgan, uzluksiz monitoring olib boriladi hamda avtomatik gazli yonğin öçiriş tizimi örnatilgan.

“Tier III sertifikatlarining olinişi – bu xalqaro eʼtirof, şuningdek, Uztelecom’ning mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi izçil saʼy-harakatlari natijasidir. Biz uçun bu “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oşiriş yölidagi navbatdagi qadamdir. Biz jismoniy maʼlumotlar markazlari tarmoğini hamda ular asosidagi UzCloud bulutli platformasining hisoblaş imkoniyatlarini kengaytirmoqdamiz. Uşbu quvvatlarda davlat idoralari, biznes va boşqa taşkilotlar raqamli xizmatlarni, korporativ platformalar va yeçimlarni, jumladan, sunʼiy intellektga asoslanganlarini ham işonç bilan işga tuşirişi yoki kölamini kengaytirişi mumkin. Yaratilgan resurslar zaxirasi har qanday miqyosdagi IT-loyiha barqaror işlaşini taʼminlaş imkonini beradi”