Glaukoma – közi ojizlik, nogironlikka olib keluvçi oğir, ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan kasallik hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo böyiça 100 milliondan ortiq inson glaukoma bilan xastalangan, şundan 40 millionga yaqini közi ojiz bemorlardir. Yana şunça bemorlar hali özida bu xastalik borligini bilmasdan, közi ojizlik rivojlanib borayotganligi ma'lum. Faqat öz vaqtida aniqlab, töğri davolangan holda közi ojizlikning oldini oliş mumkin. Şularni hisobga olgan holda Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti glaukomani ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan muhim kasalliklar röyxatiga kiritgan. Har yili mart oyining ikkinçi haftasi dunyoda «Jahon glaukoma haftaligi» taşkillaştiriladi.

Bu xavfli kasallik haqida batafsil ma'lumot oliş maqsadida Kun.uz köz kasalliklari şifokori Uluğbek Karimov bilan suhbat qildi.

Glaukoma qanday kasallik?

Glaukoma – köz içki bosimi oşişi natijasida köruv nervi atrofiyasi rivojlanişi va közi ojizlikka olib kelişi mumkin bölgan surunkali kasallik. Glaukoma kasalligi boşida belgilarsiz keçib, dastlab bemorni heç narsa bezovta qilmaydi. Erta davrlarda uni aniqlaş qiyin, keçki davrda, köruv nervi atrofiyasi rivojlangandan söng bemor körişi xiralaşişini, oğriqni his qiladi va şifokorga murojaat qiladi. Glaukoma kasalligi erta aniqlanib, öz vaqtida töğri davolansagina közi ojizlikning oldini oliş mumkin. Aks holda, glaukoma tufayli rivojlangan köruv nervi atrofiyasi va közi ojizlikni hozirgi kunda davolaş imkoni mavjud emas.

Glaukomani tuzatiş muşkul, lekin davolaş mumkin va lozim

Bu kasallikning kanday belgilari bor?

Glaukomaning oçiq burçakli turi boşida heç kanday belgilarsiz keçadi va bemorni heç narsa bezovta qilmaydi, köz oğrişi, köruv xiralaşişi kasallikning keçki davrlarida bezovta qiladi. Odatda bemorni bir tomonlama tez-tez boş oğrişi, köz oldida vaqti-vaqti bilan tuman bölişi va qora doğlar paydo bulişi, yonib turgan lampa oldida kamalaksimon xalqa bölişi bezovta qiladi. Keyingi davrlarga borib bemorning boş oğriqlari kuçayadi va tezlaşadi. Kasallikning oxirgi davrlariga borib köruv maydoni avvaliga burun tomonidan, keyin esa taşqi tomondan sekin-sekin torayib, bemor nayça orqali körganda taşqi tomonni köra boşlaydi.