8 mart kuni internetda bir guruh qizlarning rasmiy til bilan aytganda, içki işlar xodimlariga «faol qarşilik qilayotgani» tasvirlangan video tarqalgandi. Voqea Samarqandda bölgan va video böyiça köplab taxminlar aytildi. Ulardan eng köp tarqalganiga köra, qizlar göyoki içib olib şahardagi maşhur kafening örtasida striptiz uyuştirmoqçi bölgan. Bu gaplar qançalik haqiqatga yaqin ekanini biliş maqsadida Kun.uz muxbiri suriştiruv ötkazdi.
Samarqand şahri Sartepa mavzesida joylaşgan «2-GOM»da bu videodagi qizlar Kun.uz muxbirining savollariga javob berdi. Ularning aytişiça, voqea bunday bölgan: qizlardan biri M.I öz tuğilgan kunini nişonlaş maqsadida Sartepa maskanidagi öşa janjal kötarilgan kafega borgan. 8 mart kuni tuğilgan kunini nişonlaşni rejalaştirgan qiz bir kun oldin joy buyurtma qilib 700 ming söm «zalog» bergan. Uning tusmoliça dugonalari iştirokidagi bazmi jamşid 1,5 million sömga tuşişi kerak bölgan va şu bois pulning taxminan yarmini oldindan bergan.
8 mart soat 20:00 lar çamasida qizlar kafega kelişgan. Ular spirtli içimlik içgaç (kafe ofitsiantlarining aytişiça, öşa stoldagilar 8 şişa aroq içgan) sarmast bölib raqs tuşgan. Raqslar şunday uyatsiz köriniş olganki, atrofda ötirgan boşqa mijozlar videodagi qizlardan norozi bölgan. Mijozlarning ba'zilari toqat qilolmay ketib ham qolgan. Şunda kafe xodimlari 15 kişidan iborat qizlar guruhini (ular orasida ikki erkak ham bölgan) boşqa zalga ötkazib joy qilib berişgan.
Ammo qizlarning şöx raqslari bu yerda ham davom etgaç kafe xodimlari Milliy gvardiya zobitlariga murojaat qilişga majbur bölgan. Zobitlar qizlardan ötirişni töxtatişni talab qilgan (ofitsiant yigitlarning aytişiça, Milliy gvardiya zobitlari bayram bölgani uçun qizlarga qöpollik qilmagan). Tuğilgan kun sohibi va dugonalari zobitlar talabidan söng kafedan çiqib ketişga rozi bölgan.
Ular kafedan çiqişi bilan mojaro boşlangan. Ofisiant tabiiyki, yegan narsalari uçun pulni tölaşlarini talab qilgan. Qizlar esa özi buyurtma qilgan hamma narsa olib kelinmaganini, hali bayram torti kesilmaganini (bunga alohida urğu bergan) aytib, pul bermasligini aytgan. Şundan janjal boşlangan. Qizlardan birini kafe oldidagi yigit turtib ham yuborgan. Ofisiant yigitning aytişiça, qizlar öşa yigitning xotinini kurakda turmaydigan gaplar bilan haqoratlagan.

Keyin ahvol jiddiylaşgaç Milliy gvardiya zobitlari qizlarni maşinaga ötqazib içki işlar bölinmasiga yuborişga qaror qilgan. Ammo bu vaqtda qizlar yuqorida aytganimizdek «faol qarşilik körsatgan». Oqibatda örtada kiçik janjal yuzaga kelgan. Uç nafar qiz IIB bölimiga olib ketilgan.










