Operatsion tizimdan tortib akkumulyator siğimigaça - telefon xarididan avval e'tibor qaratiş zarur bölgan jihatlar.
Foto: LayfhakerFoto: Layfhaker
Operatsion tizim
Smartfon tanlaş haqidagi suhbatlarda köpinça operatsion tizimlar haqidagi tortişuvlarga duç kelamiz. Android va iOS tarafdorlari köp yillardan buyon bir-birlariga qaysi OT yaxşiroqligini isbotlaşga behuda urinib kelişadi.
Android’ning asosiy afzalligi şundaki, uning boşqaruvida har qanday budjet va talabga mos keluvçi yuzlab modeldagi uskunalar işlaydi. Agar mablağ çeklangan bölsa, oddiyroq tasnifdagi nisbatan arzon smartfonni sotib oliş mumkin.
Agar puldan muammo bölmasa, dökonlardan yetakçi içki tuzilmaga ega köplab ajoyib flagmanlarni topiş imkoniyati bor. Texnik qobiliyatlar, sifat va narx orasidagi tenglikni istagan foydalanuvçilar uçun esa örta sinf qurilmalari mavjud.
iPhone’lar haqida gapiradigan bölsak, ular orasida na budjet turidagi va na örtaça narxdagi uskunalarni uçratamiz. iOS’da işlovçi barça smartfonlarni qörqmasdan premial segmentga kiritiş mumkin. Yetarli mablaği bor insonlar uçun uşbu jihat xarid jarayonini faqat osonlaştirişga xizmat qilsa, boşqalar uçun jiddiy tösiq böla oladi.
Android’ning iOS’ga nisbatan afzalliklari orasiga şuningdek, keng erkinlik va foydalanişga moslaşuvçanlikni kiritiş mumkin.
Ammo bu ustunlik juda şartlidir: bir qator foydalanuvçilarga köpinça dastlabki sozlamalarsiz qulay tizim kerak.
Navbat iOS smartfonlarining ustunligiga. Barça iPhone’lar işlab çiqarilgan kundan boşlab bir neça yil davomida kafolatlangan muntazam tizim yangilanişiga ega böladi. Apple bu vaqt davomida dasturiy muammolarni tezkorlik bilan hal qiladi va yangi funksiyalar qöşib boradi.
Android uskunalarga keladigan bölsak, ularning aksariyati tizim yangilanişini katta keçikiş bilan qabul qiladi yoki umuman yangilanmaydi. Bunday gadjetlardagi dasturiy ta'minot zaifliklari va kamçiliklari hisobga olinmaydi. Şuning uçun biror Android smartfonini sotib olişdan avval, işlab çiqaruvçi veb-saytidan uskuna OTning qaysi versiyasigaça yangilanişi mumkinligini tekşirib körgan ma'qul. Uning uçun mavjud bölgan eng sönggi versiya qançalik yangi bölsa, şunça yaxşi.
iPhone holatida esa tizim yangilanişlari bilan boğliq muammolar faqat eski uskunalarda yuzaga keladi.
iOS’ning keyingi ustunligi — yaxşi optimizatsiya. iPhone uçun dasturiy ta'minot va qöşimça qurilmalar bitta kompaniya tomonidan işlab çiqiladi, şuning uçun ikkala komponent mukammal darajada özaro mos keladi. Va heç qanday boşqa işlab çiqaruvçi iOS faoliyatiga aralaşmaydi. Şuningdek, iPhone modellarining özi ham unçalik köp bölmagani sababli, dastur işlab çiqaruvçilari uçun kodni optimallaştiriş qulayroqdir.
Mavzuga oid
Android bilan vaziyat boşqaça. Köpgina brendlar uşbu OTni öz ehtiyojlari uçun özgartirişadi: şaxsiy grafik qobiqlar, köpinça keraksiz bölgan dasturlar va turli funksiyalar qöşişadi. Bu savodsizlik bilan qilinsa, işlaş qulayligi va tezlikka putur yetadi. Yaxşiyamki, bu kabi holatlar borgan sari kam kuzatilmoqda. Bundan taşqari, sof va har qanday özgartirişlardan xoli Android versiyasida işlaydigan Google Pixel kabi smartfonlar ham mavjud.
Ekran gabaritlari va diagonallari
Smartfon vazniga e'tibor berişda ma'no yöq. Farq, qoidaga köra, 20-40 grammdan oşmaydi va bu qulaylikka ta'sir qilmaydi.
Hozirda smartfonning qalinligi ham muhim emas. Ançadan beri aksariyat qurilmalarda bu parametr santimetrdan oşmay qöygan. Strukturani yanada ixçamlaştiriş foydadan köra köproq zarar keltiradi, çunki bu muqarrar ravişda kuçning pasayişiga olib keladi.
OnePlus 7T smartfoni
Diagonalga kelsak, barçasi sizning xohişingiz va fiziologiyangizga boğliq. Köpgina foydalanuvçilar diagonali 5–5,5 dyuymdan oşmaydigan smartfonni bir qölda tutişda qulaylik sezişi mumkin. Ammo video tomoşa qiliş va internetdan foydalanişda bunday displey juda kiçiklik qiladi.
Kattaroq qurilma sotib olsangiz, uni uşlab turiş unçalik qulay bölmaydi, ammo ekran köproq ma'lumotni namoyiş qila oladi.
Hozirgi vaqtda ekran atrofida minimal hoşiyali yoki umuman hoşiyasiz smartfonlar tobora köproq işlab çiqarilmoqda. Şubhasiz, bir xil ekran ölçamiga ega ikkita qurilmadan qaysi birida hoşiya ingiçkaroq bölsa, öşanisi qulay. Buni unutmang.
Özingiz uçun eng yaxşi variantni tanlaş uçun xarid oldidan smartfonni qölingizda uşlab köring. Şundagina uning hajmi sizga mos böladimi yoki yöq, bilib olasiz.
Ekran matritsasining turi
Odamlar kuniga bir neça soatni smartfon bilan ötkazişadi va bu vaqtning deyarli hammasida ekranga tikilişadi. Displey mobil qurilma bilan işlaşda qulaylik darajasini belgilaydigan asosiy elementdir va şuning uçun u sifatli bölişi kerak. Bu köp jihatdan matritsaning turiga boğliq — displeyning texnologik asosi şunday nomlanadi.
Ba'zi budjet sinfidagi qurilmalarda TN-matritsasini uçratiş mumkin, u tasvirning past sifati, şuningdek körişning kiçik burçaklari bilan ajralib turadi. Biroq, uşbu texnologiya allaqaçon eskirgan va yanada rivojlangan IPS va OLED’ga almaştirilmoqda.
IPS matritsalari TN kamçiliklariga ega emas va mukammal rang beriş, yuqori kontrastlik va 178 darajagaça bölgan köriş burçaklariga ega.
AMOLED-displeyga ega Galaxy Note 10 — Samsunğning 2019 yilgi flagmani
IPS muqobili sifatida, şuningdek organik LED displeylari sifatida ham tanilgan OLED ekranlarini köriş mumkin (AMOLED, Super AMOLED). Ulardagi har bir piksel yoruğlik manbaiga aylanadi va qöşimça yoritişni talab qilmaydi. Şu sababli, OLED displeylari qora rangni yetkazib beriş işonçliligi böyiça tengsiz, yuqori kontrast va yorqinlikka ega, energiya sarfi jihatidan samarali va katta köriş burçaklariga ega.
IPS va OLED örtasidagi tanlovda töğridan-töğri taqqoslaş yordam beradi. Ikkala smartfonni qölingizga olib, ularda bir xil video va bir neçta rasmlar tomoşa qiling — hammasi oydinlaşadi.
Ekran ölçamlari
Displey ölçamlari — u taşkil topgan piksellar sonidan iborat. Aynan mana şu xususiyat savodsiz odamlarni ajratiş imkonini beradi.
Işlab çiqaruvçilar texnik tasniflarda çiroyli raqamlarni körsatiş uçungina uşbu parametrni doimiy ravişda oşirib borişadi. Ammo foydalanişda bundan mantiq körinmaydi. 2K va 4K ölçamlari örtasidagi farqni ekranni közingizga yaqinlaştirsangizgina sezişingiz mumkin. Bundan taşqari, 4K ekran batareya quvvatini tezroq sarflaydi. Şunday qilib, bunday yuqori aniqlik uçun ortiqça pul sarflamang.
Full HD’dan (1,080 × 1,920) 2K’gaça (1,080 x 2340) ölçamli qurilma tanlang. Uşbu diapazon optimal hisoblanadi.
Kameralar
Kameralar bilan boğliq vaziyat ekran aniqligi bilan deyarli bir xil: megapiksellar soni sifat körsatkiçi emas. Yaxşi kamera — bu qöyilgan va töğri sozlangan qurilmaviy va dasturiy tuzilma majmuidir. Şuning uçun bir xil sensorli ikkita smartfon farqli suratga oladi.
Afsuski, xususiyatlariga köra kamera harakatlarini oldindan aytib bölmaydi.
Agar siz ma'lum bir smartfon qanday ajoyib, sifatli fotosurat va videolar suratga olişini bilmoqçi bölsangiz, foydalanuvçilar tarmoqqa joylagan kamera sinovlari haqidagi videolavhalarni körib çiqing.
Bundan taşqari, smartfon tanlaşda kameralarning turi va soniga e'tibor bering. Gap hamma könikib bölgan selfi va asosiy fotomodulda emas. Sönggi paytlarda smartfonlar tobora turli xil tasvirlar uçun möljallangan tört yoki hatto beşta kamera bilan jihozlanmoqda.
Uç kamerali iPhone 11 Pro Max
Smartfoningizda uçratiş mumkin bölgan kameralar turlari:
Keng burçakli — standart universal kameralar.
Super keng burçakli — köproq joy egallaydi, şuning uçun peyzajlarni suratga oliş uçun ideal.
Telefoto — masofagi obektlarni suratga oliş uçun.
TOF-kameralari — obektgaça bölgan masofani hisoblaydigan optik sensorlar. Ular yordamçi kameralar sifatida işlatiladi, masalan, yuzni taniş va 3D effektlarini boğlaş uçun.
Qobiq materiali
Şişa bilan qoplangan orqa panel çiroyli, ammo eng çidamli variant emas. Nozik materiallar tirnaladi va sinadi, bunday yeçimning estetik qiymati barmoqlarimizning yoğ çiqariş qobiliyati bilan yopilib ketadi. Barmoq izlari bilan batamom kirlangan smartfonni tomoşa qiliş va qölda tutiş hammaga ham yoqimli emas.
Plastmassa qölga yaxşi örnaşadi, ayniqsa sirt teksturalangan yoki kauçukga öxşaş tarkib bilan qoplangan bölsa. Bu arzon körinadi va qiçitişi mumkin, ammo egiluvçanligi tufayli mayda tuşişlarga bardoş beradi.
Metall allaqaçon premium material maqomini yöqotgan. Xitoyliklar alyuminiy qoplamlar işlab çiqarişni va eng budjet modellar uçun ham ularni yetkazib berişni örganişdi. Qurilma yanada mustahkam körinadi, lekin ayni paytda köproq sirpanadi. Metall issiqlikni yaxşi qaytaradi, bu kuçli va qaynoq öyin smartfonlari uçun muhimdir, ammo sovuq havoda akkumulyatorni tezroq muzlatib qöyadi.
Har bir materialning uşbu afzalliklari va kamçiliklariga e'tibor bering. Agar qöşimça «çexol» işlatmoqçi bölsangiz, unda ularning aksariyati siz uçun rol öynamaydi.
Akkumulyator
Har qanday smartfonning eng zaif nuqtasi batareya zaryadidir. Standart batareyali smartfon quvvati 2500-3000 mA/soat böladi, tuni bilan töliq zaryadlangan qurilma faol foydalanilganda keçgaça zörğa «yetib boradi».
Agar tez-tez sayohat qilsangiz; narsalarni xususan, quvvatlagiçni unutib qöyişga moyil bölsangiz; biror sababga köra rozetka sizdan uzoqda bölsa, batareya siğimi 3000 mA/soatdan ortiq bölgan gadjet sotib oling. Android’da 4000 mA/soat va undan yuqori körsatkiçlarga e'tibor qaratiş yaxşiroqdir.
Har qanday batareyali smartfonga qöşimça taşqi akkumulyator sotib oliş ham aqlli qaror böliş mumkin.
Protsessor
Deyarli barça zamonaviy smartfonlar har qanday dastur va oddiy öyinlarni osongina işga tuşirişga imkon beradigan protsessorlar bilan jihozlangan. Şuning uçun, köpçilik foydalanuvçilar çipga e'tibor qaratişmasa ham böladi. Eng arzon qurilmalardan qoçişning özi yetarli.
Ammo kiçik bir farq bor: yomon optimallaştirilgan tizim kuçli uskunalarda ham muvaffaqiyatsizlikka uçraşi mumkin.
Agar optimallaştirişga şubha qilsangiz yoki baribir budjet qurilmasini tanlasangiz, sotib olişdan oldin uning işlaşini tekşiring. Smartfonni qölga olib, dastur va tizimlar tez hamda töxtalişlarsiz işlayotganiga işonç hosil qiling. Agar buning iloji bölmasa, heç bölmaganda tarmoqdagi videoşarhlarda sizni qiziqtirgan qurilmaning interfeys va ilovalarni qanday aks ettirayotganini közdan keçiring.
Agar öyinlar xohlasangiz, protsessori kuçliroq smartfon tanlaşingiz kerak. Mukkasidan ketgan mobil geymerlar an'anaviy ravişda sönggi yoki ötgan yilgi flagman modellarini tanlaşadi. Samaradorlik böyiça yetakçilar, iPhone’dan taşqari, odatda hozirgi Exynos va Qualcomm Snapdragon protsessor modellariga asoslangan smartfonlardir.
Operativ xotira
2 GB tezkor xotiraga ega qurilmalar köp sonli dasturlar bilan işlaşda sekinlaşişi mumkin. 4 GB’dan oşiq hajm esa eng köp sarfli öyinlardan boşqa narsa uçun zarur emas. Agar ular sizni qiziqtirmasa, 3-4 GB operativ xotira siz uçun töliq kifoya qiladi. Ammo Android smartfon işlab çiqaruvçilari bu miqdorni kundan-kunga oşirib, xaridorlarni köproq sarflaşga majbur qilişmoqda.
Saqlaş hajmi va xotira kartasi tirqiçi
Optimal saqlaş hajmi smartfondan nima uçun foydalanişingiz va ma'lumotlarni qanday saqlaşingizga töğridan-töğri boğliq.
Agar musiqa tinglaş, video tomoşa qiliş va barça ma'lumotlarni saqlaş kabi qiziqişlaringizni onlayn bajarsangiz, oğir öyinlar örnatmasangiz va ilovalar şaxsiy jamlanmasini töplamasangiz, 16-32 GB xotira yetarli böladi.
Aks holda, qurilmada saqlamoqçi bölgan ma'lumotlarning taxminiy miqdoriga e'tibor qaratişingiz kerak.
Realme 3 Pro — xotira kartasi bor örta toifadagi smartfon
32 gigabayt hajmli va xotira kartasi uçun tirqiçga ega smartfon sotib oliş oltin yeçim bölişi mumkin. Odatda, işlab çiqaruvçilar saqlaş hajmi oşirilgan modellarda narx yorliğini sezilarli darajada kötarişadi. Xuddi şu ölçamdagi xotira kartasi esa ança arzonga tuşadi va istalgan paytda uni boşqasiga almaştiriş mumkin.
Smartfonni qöllab-quvvatlaydigan maksimal xotira kartasiga e'tibor bering. 128 GB kartani örnatişni xohlagan paytingizda qurilma 64 GB’dan ortiq hajmni kötarolmasligi mumkin. Bu kabi holat, ayniqsa, budjet sinfidagi smartfonlarda kuzatiladi.
Sim kartalar soni
Köpgina smartfonlar bir vaqtning özida ikkita sim-karta bilan işlaşlari mumkin. Uşbu imkoniyat u yoki bu sababga köra juft raqamlardan foydalanadiganlar uçun haqiqiy najotdir.
Muammo şundaki, köpinça ikkinçi sim-karta xotira kartasi örnini egallaydi.
3G, 4G (LTE) yoki 5G
2020 yilda ikki mobil internet standartlari faol. 3G tarmoği yuqori tezlikni ta'minlaydi, hatto video uzatiş uçun ham yetarli. 4G bu LTE nomi bilan ham tanilgan yanada tezroq simsiz internet. Deyarli har bir zamonaviy smartfon ikkala texnologiyani qöllab-quvvatlaydi.
Biroq, 5G qurilmalari allaqaçon sotuvda mavjud. Uşbu standart taqdim etadigan ma'lumot uzatiş tezligi 4G körsatkiçlaridan ortadi. Nazariy jihatdan qaraganda, siz HD filmlarini bir neça soniya içida yuklab olişingiz mumkin.
Ammo texnologiya endigina joriy etilmoqda va uning keng tarqalişi uçun kamida yana 2-3 yil kutişi kerak. Şuning uçun, smartfonni nisbatan qisqa muddat uçun sotib olayotgan bölsangiz, 5G qöllab-quvvatlaşiga e'tibor qaratiş mantiqiy emas - 3G yoki 4G yetarli böladi.
Yuqoridagi va boşqa modeldagi smartfonlarni Shopme.uz internet dökonidan xarid qilişingiz mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi