Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya koronavirusga qarshi kurashda Xitoydan yordam so‘radi
Italiya koronavirus epidemiyasi ortida tibbiy tovarlarga o‘tkir ehtiyoj sezmoqda va Xitoy bu masalada yordam ko‘rsatishiga umid qilmoqda.
Bu haqda Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo xitoylik hamkasbi Van I bilan telefon suhbatida aytib o‘tdi.
“Italiyada epidemiologik vaziyat hozirda juda og‘ir. Italiya Xitoyning epidemiyaga qarshi muvaffaqiyatli tajribasini sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. Italiya tibbiy tovarlar va uskunalar yetishmayotgani sababli qiyinchilik sezmoqda va Xitoy bu o‘tkir masalani hal qilishda yordam berishiga umid qilmoqda”, deb aytgan Di Mayo suhbat davomida.
Italiya tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, Italiyada xitoylik muhojirlar epidemiyaga qarshi kurashda faol rol o‘ynamoqda va hukumat ularning xavfsizligi va sog‘lig‘i haqida bor kuchi bilan qayg‘urishda davom etadi.
Italiyada ayni vaqtda koronavirusdan kasallanganlar soni 10,1 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 631 nafarni tashkil qilmoqda. 1004 kishi sog‘ayib ketgan.
Umuman olganda, Yevropada koronavirus tarqalishi Italiyada jiddiy tus olgan, Fransiya va Germaniyada ham vaziyat og‘irlashmoqda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026