Deputat Rasul Kuşerbayev avtomobilsozlik sohasi rahbarlariga savollar bilan yuzlandi.
«Balki men notöğri öylayotgandirman, sizlar mutaxassissizlar. Tasavvur qilib köraylik, ayni paytda Özbekistonda avtomobil işlab çiqaruvçi zavod işlamasa, 34 millionlik Özbekiston aholisi nimani yöqotadi?» – söradi Kuşerbayev.

Savolga UzAuto Motors`ning moliyaviy masalalar böyiça boşqaruvi direktori Aleksandr Saxapov javob berdi.
«Kamida 18 mingta iş örnini yöqotamiz. Bir nafar işçi oilasida uç kişi bölsa, bu raqamni uçga köpaytirişimiz kerak.
Ikkinçidan, biz QQS böyiça tölovlarning özidangina 4 trillion söm miqdoridagi budjet tuşumlarini yöqotamiz», – dedi Aleksandr Saxapov.

Mahalliy bozordagi avtomobillar zavoddan ayrim defektlar bilan çiqişi rad etildi
Rasul Kuşerbayevning boşqa bir savoli ortidan muhokama qizğin keçdi, bu savol uçun deputat populizmda ayblandi.
«Eksport uçun va mahalliy aholi uçun işlab çiqilayotgan avtomobillar sifatida farq bor. Eksport namunasi juda yaxşi deyişadi. Men körmaganman. Afsuski, biz eksport uçun möljallangan avtomobillarni xarid qilişdan mahrummiz.
Özimizning mahalliy aholi uçun işlab çiqilayotgan avtomobillar esa defektlar bilan çiqarilmoqda. Har bir olingan avtomobilni, Sergeli bozoriga olib borib, 400-500 ming sömdan 1 mln sömgaça yangi maşinaga qöşimça xarajat qilib, rezinalarini örnatiş kerak. Göyoki, tasavvur paydo bölyapti, zavod bilan Sergeli bozori ma'muriyati kelişib olgandek. Borişingiz bilan qayerda nima kamçiligi borligini topib berişadi. Yangi maşinada kamçiliklar borligini körib hayron qolasiz.
Savol: eksport uçun sifatli çiqarilayotgan avtomobillar nega özimizning fuqarolarimiz uçun ham şunaqa sifatli çiqarilmaydi?»










