UzAuto Motors yengil avtomobillar narxini keskin oşirişi katta noroziliklarga sabab bölmoqda.

Kun.uz muxbiri Özbekistondagi bir qança siyosiy partiyalar rahbarlari va senatorlardan birining avtomobil narxlari oşişiga munosabati bilan qiziqdi.

Narimon Umarov: «Bu holat monopoliya yuzaga keltirişi mumkin bölgan salbiy holatlarning öndan biri»

 «Adolat» SDP lideri Narimon Umarov fikriça, UzAuto Motors tomonidan xalqimiz orasida eng talabgir hisoblangan bir neçta mahsulotlarning narxi heç qanday ogohlantirişsiz 21 foizgaça oşirilişi monopoliya yuzaga keltiriş mumkin bölgan salbiy holatlarning 10 dan birini amalda ifodalab berdi.

«Heç qanday muhokamalarsiz, örganişlarsiz bu singari qarorning qabul qilinişi aholi örtasida ertangi kuniga bölgan işonçsizlikka olib keladi.

Avtomobillar tannarxining oşişi katta ehtimol bilan import qilinayotgan butlovçi qismlar narxi oşgani bilan boğlansa kerak (suhbat UzAuto Motors yangilikka izoh berişidan oldin yozib olindi. – tahr).

Bu holat haligaça mahalliylaştiriş böyiça korxona oldiga qöyilgan vazifalar yetarli darajada bajarilmaganini yoki faqat qoğozda bajarilganini körsatadi», dedi partiya lideri.

Narimon Umarov sözida davom etarkan, UzAuto Motors`dan qaçongaça korxona foydasini va ortiqça xarajatlarni xalqimiz böyniga yuklaş bilan kun körişi böyiça izoh talab qildi.

«Mahsulotlar uçun yangi bozorlar qidiriş, marketingni töğri yölga qöyiş, korxonaning ortiqça xarajatlarini çeklaş, rahbariyatni, xodimlarni ortiqça rağbatlantirişlarni çeklaş orqali ham foydani köpaytiriş mumkin-ku.

Şu bilan birga, UzAuto Motors oçiqlik, oşkoralik, raqamli iqtisodiyot kabi tuşunçalar kun tartibiga çiqqan şaroitda hanuzgaça butlovçi qismlar yetkazib beruvçilar örtasida oçiq tanlov e'lon qilmayapti. Şu yöl bilan ham mahsulot tannarxi ança kamayişiga erişiş mumkin.

Bir million söm ham pul deb hisoblovçi aholining örtahol qatlami orasida xaridorgir bölgan maşinalar narxini oşirib, pul topiş asosiy muammosi hisoblanmaydigan aholi xarid qiladigan maşinalar narxini oşmasligini qanday tuşuniş mumkin? Bu aholi qatlamlari örtasidagi tengsizlik kuçayişiga olib keladi.