Lekin haqiqitan ham samolyot, poyezd, kruiz kemalarida uzoq masofaga otlaniş va oddiy jamoat transportiga çiqiş şunçalik xavflimi?
Poyezd va avtobuslar
Yangi koronavirusning qay yösinda tarqalayotgani töğrisida aniq ma'lumot mavjud emas, ammo unga öxşaş infeksiyalar bemor aksirişi yoki yötalişida havo-tomçi orqali yoyilişi yoki virusni zararlangan yuzadan yuqtiriş mumkin.
Körinişidan, koronavirus oddiy gripp virusi kabi havoda aylanib yurmaydi, demak infeksiyalaniş uçun yaqin aloqa röy berişi kerak. Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş tizimi eslatmasida aytilişiça, bemor bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan köp yonma-yon böliş yaqin aloqa hisoblanadi.
Şundan kelib çiqib, poyezd yoki avtobuslarda virusni yuqtiriş xavfi yölovçilarning qançalik ziç bölişiga boğliq. Bu esa vaqt, marşrut va mintaqa bilan aloqador.
Masalan, avval ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, aksariyat hollarda gavjum bölgan London metrosida respirator kasalligi yuqişi ehtimoli sezilarli darajada yuqori.
Ammo, agar tiğiz paytda harakatlanmasangiz va vagon va avtobusda yölovçilar oz bölsa, demak xavf ham kamayadi. Bundan taşqari, kasallaniş ehtimoli salon qay darajada şamollatilişi, içki gigiyenaga amal qilinganlik va sizning jamoat transportida qança vaqt qolişingizga qarab özgarib boradi.
«Ehtimoliy zararlangan yölovçilar va yuzalar bilan aloqani iloji boriça kamaytiriş kerak, — deydi Global soğliqni saqlaş instituti şifokori Lara Gose. — Şunday ekan, tiğiz paytlarda yölga çiqişdan tiyiling».
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining koronavirus masalalari böyiça maxsus maslahatçisi Devid Nabarro BBC muxbiri bilan suhbatda jamoat transporti xavfsizligi darajasi masalasi hali örganilmagani, ammo mavjud ma'lumotlar transport vositasidagi yölovçilar orasida kuzatiluvçi «mitti aloqalar» virusning «eng muhim tarqalişi turi» hisoblanmasligini tasdiqlaşini aytgan.
Samolyotlar
Yölovçilar «eskirgan» havodan nafas olişi tufayli samolyotda virus yuqtirib oliş xavfi yuqoriligi haqidagi fikr tarqaldi.
Aslida, samolyot içidagi havo işxonangiz içidagidan toza bölişi mumkin, poyezd yoki avtobusnikiga nisbatan sofligi esa mutlaqo aniq.













