Özbekistonda 16 martdan boşlab tibbiy niqoblar eksporti töxtatiladi. Bu haqda boş vazir Abdulla Aripov raisligida koronavirus infeksiyasi kirib kelişining oldini oliş çora-tadbirlarini kuçaytirişga bağişlangan matbuot anjumani vaqtida e'lon qilindi.
Şuningdek, Özbekistonda himoya niqoblarini işlab çiqariş ön marotabaga oşirildi va birinçi marta himoya kombinezoni işlab çiqarilişi boşlandi.
«Ikki oy oldin bizda soğliqni saqlaş sohasi xodimlari uçun himoya kombinezoni işlab çiqarmasdik. Ikki oy içida nafaqat işlab çiqarişni yölga qöydik, balki ikki samolyotini Xitoyga jönatdik, bir samolyotini Eronga jönatyapmiz. Özimizda yetarli zaxira mavjud.
Tibbiy niqob yetişmovçiligi masalasiga kelsak, bu butun dunyoda kuzatilmoqda. Hozir tibbiy niqob işlab çiqariş uç oy oldingiga nisbatan 10 baravardan köproq oşirdik. Ertadan boşlab tibbiy niqoblarni çet elga eksport qiliş töxtatiladi, barçasi içki bozorga yönaltiriladi.
Buning ustida işlaymiz, narxlar eski holatiga qaytariladi. Qöştirnoq içidagi tadbirkorlar boşqalar boşiga tuşgan sinovdan boyişiga yöl qöyilmaydi», deya hukumat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.













