Mamlakatdagi monopol avtoişlabçiqaruvi UzAuto Motors AJning özi işlab çiqarayotgan ayrim turdagi avtomobillar narxini oşirişi ortidan jamoatçilikning keskin noroziligi avj olib turgan bir paytda tahririyatga aynan uşbu zavod mahsuloti hisoblangan Cobalt maşinasini sotib olib, baraka topmagan fuqaroning murojaati kelib tuşdi.

Andijonlik Ismoiljon Vahobov 2019 yilning aprel oyida «Asaka-Avtosavdo» MÇJdan yaxşi niyatlar bilan 84 million söm tölov qilib Cobalt avtomobilini sotib oladi.

Nihoyat yangi avtomobilga erişganidan baxtiyor Ismoiljon «oq tulpor»ni ön kunça maza qilib minib yuradi. Biroq, uning bu xursandçiligi uzoqqa çözilmaydi. U sotib olinganiga ikki hafta bölmagan avtomobilning oldi kapotidagi buyoği köçayotganini sezib qoladi.

«Kapotdagi «kraska» köçişni boşlaganidan söng, maşinani avtosalonga olib borib, «Menga boşqa avtomobil beringlar, buning buyoği köçib ketyapti» dedim. Ular maslahat qilişib, kapotni almaştirib berişdi. Qarangki, bir oy ötib-ötmasdan yangi maşinaning kapoti almaşdi. Ozgina vaqt ötib, Cobalt’ning öng va çap qanotlari hamda tom qismida ham buyoqlar köçişni boşladi.

Bu muammodan boşim qotib yana «Asaka-Avtosavdo» saloniga bordim, ular mutaxassislarni çaqirtirişdi. Mutaxassislar ekspertiza ötkazişib, maşinaning oldi öng va çap qanotlari hamda tom qismida böyoq köçayotganini aniqlaşdi. Kafolat muhandisi boşçiligidagi mutaxassislar dalolatnoma tuzişib avtomobilimda böyoq köçiş nuqsoni yuz bergani tasdiqlandi.

Şundan söng avtosalon ikkita qanot va tom qismini almaştirib berişni taklif qildi. Men rozi bölmadim. «Kuzovni tölaligiça almaştirib beringlar», dedim. Çunki mutaxassislar kuzovning boşqa qismlarida ham buyoq köçmasligiga kafolat bera olişmagandi. Özingiz bilasiz, maşina böyalsa narxi tuşib ketadi.

Keyin, kuzovini butunlay almaştiriş borasida «Avtotexxizmat»dagi mutaxassislar bilan maslahatlaşdim. Ular kuzovni töla almaştiriş samara bermasligi, kuzov almaştirilsa maşinaning qismlari böşab, turli tovuşlar çiqaradigan bölib qolişini aytişdi.