Ogohlantiruvda ma'lum bir postda yolğon ma'lumot aniqlangani, kanal ma'muriyati bu postni olib taşlamasa, Jinoyat kodeksining 244-1 moddasiga binoan javobgarlikka tortilişi aytilgan.
Kun.uz muxbiri AOKA direktori birinçi örinbosari Dilşod Saidjonovdan holat yuzasidan izoh söradi.
Dilşod Saidjonovning aytişiça, bu – heç qanday senzura emas, faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridan hamda fuqarolarga qonunçilikni eslatib qöyiş uçun şunday xabarlar yuborilmoqda.
«Afsuski, köpçilik qonunlarni öqimaydi. «Axborotlaştiriş töğrisida»gi qonunning 12-1-moddasi veb-sayt egasi, şuningdek, blogerlarga bağişlangan. Uşbu qonunda qanday axborotni tarqatiş mumkin emasligi aniq yozib qöyilgan.
Ya'ni muammo nimada? Bu – koronavirus haqida tarqatilgan axborot haqida emas. Muammo şuki, rasm yoki video olinyapti va şu rasm, videoga şarh berilyapti. Masalan: «Mana, Toşkentda oziq-ovqat böyiça muammo bölyapti, aholi töplangan. Oziq-ovqat yetmaydi. Taqçillik yuzaga keladi» degan xabarlar tarqab ketdi. Telegram`dagi guruhlarda, har xil kanallarda va Facebook sahifalarida şunday xabarlar tarqaldi.
Bir tomondan, fuqarolarimizni tuşunaman. Ular tezkorlik bilan ma'lumot berişga harakat qilişadi. Faqat ularning qoldirayotgan izohlari qonunçilikka zid hisoblanadi. Buni ular bilmagani uçun yozişmoqda, lekin bilgan ham, bilmagan ham qonun oldida teng.
Şuning uçun biz aholi orasida vahima uyğotuvçi axborotlar tarqatayotganlar jinoiy javobgarlikka tortilişining oldini oliş maqsadida qonundagi normalarni eslatişni joiz deb bildik.
Jinoyat kodeksining 244-1-moddasida aholi orasida vahima uyğotuvçi xabarlar tayyorlaş va tarqatişga javobgarlik belgilangan.
Uşbu moddaning yana bir muhim jihati – mazkur xabarlar ommaviy axborot vositasi orqali yoki internet orqali tarqatilsa, 5 yildan 8 yilgaça qamoq jazosi belgilangan.
Uşbu javobgarliklarni fuqarolarimizga eslatiş uçun biz ogohlantiruv xatlari bilan çiqişga majbur böldik.
Çunki bizga bunday asossiz vahimalar kerak emas. Vahima nima oqibatga olib kelişiga tarix guvoh.
Boş vazir Abdulla Oripov ham OAV va blogerlar bilan bölgan yiğilişda barça oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanini aytib ötgan edi. Şunga qaramasdan vahimali axborotlar tarqadi. Şuning uçun biz majbur böldik», – deydi Dilşod Saidjanov.







