«Barça xodimlarga ta'til beriş masalasini qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşiriş kerak. Hozirgi kunda bu masalada hukumat komissiya qarori yöq. Ta'til tarbiyalanuvçi, öquvçi va talabalarga berildi. Maxsus komissiya qaroriga asosan, maktab, maktabgaça ta'lim muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalariga ta'til berildi.

Buni töğri tuşunişimiz kerak: darslar öquvçilarning yiğilişi bilan boğliq bölgani uçun bu tadbir ularga nisbatan tatbiq qilinyapti.

Davlat idoralari yoki ta'lim muassasalarining xodimlariga ta'til belgilangani yöq. Majburiy ta'til beriş holatlari, ya'ni xodimga vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik belgilanganda yoki u kasal bölganda, işga kelişi şart emas, bu haqda iş beruvçini xabardor qilsa kifoya. Bunday holatda kasallik varaqasi oçiladi va şunga asosan xodim işga kelmaydi.

Boşqa holatlarda xodimlar ma'muriyat buyruği qabul qilinmaguniça işga kelişi kerak», deydi Akbar Toşqulov.

Akbar Toşqulov

Vazir örinbosari bunday vaziyatda maktabgaça ta'lim, xalq ta'limi va oliy ta'lim muassasalari ma'muriyatlari zimmalariga qonun bilan yuklatilgan vazifalardan kelib çiqib iş tutişlari, xodimlarning huquq va manfaatlarini birinçi öringa qöyişlari kerakligini ta'kidladi.

«Maxsus komissiya barça öqituvçilarga ham [karantinni] joriy qiliş böyiça qaror qabul qiladigan bölsa, ular ham karantin munosabati bilan işdan ozod qilinadi va ularga qonunçilikda belgilangan miqdorda nafaqa tölanadi.

Agar karantin joriy qilinişi xodimlarga nisbatan ham bölsa, bunday holatda ham iş beruvçilar iş haqini ma'lum qismini saqlagan holda vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik joriy qilinadi. Amaldagi qonunçilikda ham buning tartibi belgilangan.

Sanitariya-epidemiologiya böyiça maxsus vraçlar tomonidan har bir holatda kasallik varaqasi töldiriladi. Agar xodim 8 yildan ortiq işlayotgan bölsa, unga iş haqining 80 foizi miqdorida, undan kam işlayotgan bölsa, 60 foizi miqdorida iş haqini tölab beriş majburiy böladi», deydi Akbar Toşqulov.