O‘zbekiston | 12:06 / 17.03.2020
8093
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimlarning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari lavozimi joriy etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarining namunaviy ustaviga o‘zgartirish kiritiladi

Foto: Fotolia / pressmaster

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarining namunaviy ustaviga o‘zgartirish kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2018 yil 20 avgustdagi 23-B-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarining namunaviy ustavi 9-bandiga qo‘yidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:

uchinchi xatboshidagi “iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha” degan so‘zlar “moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

beshinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari lavozimi hokimlarning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari lavozimiga almashtirilishi kutilyapti. Ular tegishli Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid