Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaga kiritilişi rejalaştirilgan va kuçga kirişi uçun ovoz berişdan ötişi közda tutilgan barça tuzatmalarni ma'qullagan.

Sud prezident vakolatlari muddatlarining nollaştirilişi mumkinligini tan olgan va 1998 yil prezident Boris Yelsinga uçinçi muddatga saylanişni taqiqlagan bu masaladagi avvalgi pozitsiyani bekor qilgan.  

Sud Putinga 2024 yilda prezident saylovlarida iştirok etişga ruxsat beruvçi tuzatma 1993 yilda konstitutsiya qabul qilinganda bölmagan “maxsus şart”ni öz içiga olganini ta'kidlab ötgan.

Endi barça taklif qilingan tuzatmalar umummilliy ovoz berişga bir paket bilan qöyiladi, ya'ni rossiyaliklar barça tuzatmalarga birvarakayiga qarşi çiqişadi yoki ularni qöllab-quvvatlaşadi.

Ovoz beriş 22 aprelga belgilangan. Hozirça Kremlda ovoz berişni koronavirus epidemiyasi sababli boşqa sanaga köçiriş rejalaştirilmayotgani aytilgan.

Konstitutsiyaviy sudga uşbu takliflarni körib çiqişi uçun ular prezidentga tanişiş uçun berilgandan keyin 2 kun kifoya qilgan. Bungaça sud faqatgina prezidentning Qrimni Rossiya tarkibiga qöşib oliş haqidagi kelişuvni ma'qullaş haqidagi sörovini bunday tezkor tartibda körib çiqqan.

Putinning prezidentlik muddatlarini boşqatdan hisoblaş taklifini 10 mart kuni davlat dumasi deputati Valentina Tereşkova konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasini körib çiqiş vaqtida taklif qilgan.

Putin öz navbatida bu tuzatmalarga konstitutsiyaviy sud tomonidan ma'qullansa rozi bölişini aytgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezidentning bunga rozi bölişini dunyodagi murakkab vaziyat bilan tuşuntirgan.

“Bunday murakkab yillarda hokimiyatning barqarorligi, qat'iyatligi, izçilligi katta ahamiyat kasb etadi. Körinişiça, Tereşkova taklif berganda şunga tayangan va Putin uning bu daliliga rozi bölgan”, deb aytgan Peskov.