Çorak asrki «milliy ğururimiz», «milliy brendimiz» degan nom ostida xalqning «qonini içib» kelgan avtosanoatimizni xonadonlarimiz eşiklarini taqillatib, «arzongina maşinalar bor aka, iltimos, olinglar boşlanğiç 10 foizini tölasangiz böldi, qolganini 5 yilda foizsiz bölib tölaysiz», deydigan darajaga tuşiriş imkoniyati paydo bölmoqda.

Buning uçun butun xalq, qonunşunoslarimiz yeng şimarib işga kirişsa, hukumat bu «çirigan oğriq tiş»dan voz keçişga qaror qilsa bölgani.

Yillar davomida «milliy brendimiz»ning saqlab turiş uçun adoği yöq subsidiyalar, sanoqsiz imtiyozlar bugungi kunga kelib abas ketganiga guvoh bölib turibmiz.

Odamlar bitta avtomobil oliş uçun yillab, misqollab pul yiğişadi. «Damas» olib yuk taşib tirikçilik qilaman, rözğor tebrataman, deya xorijda işlayotganlar qançadan qança! Bu axir odamlarni oçiq-oydin xörlaş emasmi?

Özi ne maqsadlarda oçilgan edi bu avtozavod? Xalqimizni arzon maşinalar bilan ta'minlaş, millionlab insonlarning orzusini uşaltiriş, qolaversa xorijga valuta çiqib ketişining oldini oliş uçun emasmidi?

Lekin amalda nimani körmoqdamiz? Bir guruh odam avtosanoatni millat boşiga kulfat darajasiga keltirib bölişmadimi?

Xalq uçun barça tanlov eşiklarini berkitgan, mutlaq monopolist bölgan zavodning heç qaçon oşkor qilinmaydigan yaşirin oldi-berdilarini amalga oşirayotganlarni kim deb ataş mumkin?

Özingiz öylang: zavod töliq davlatniki bölsa, u xorijdan yoki özimizdan amalga oşirayotgan xaridlar davlat xaridlari maqomida bölsa, nega boşqa davlat xaridlari şaffof, oçiq-oşkor bölar ekan-da, bularniki yaşirin? Xöş, kimdan nimani yaşiryapti bular?

Millat nomidan gapiradiganlar: oçiqlanglar, qani köraylik, qaysi ehtiyot qismlarni qayerdan neça pulga olib kelyapsizlar? Hisob-kitob qilaylik. Telefonimizning kalkulyatoriga solib…

Men nohaq bölib, bularning butun tutumi happa-halol bölsa, kimdan va nimadan qörqişadi? Oşing halol bölsa — köçada iç, deganlar!

Bilamiz, qimmatbaho ehtiyot qismlarning aksariyati Janubiy Koreyadan keltiriladi. Qani aytingçi, öşa «zapçast»larni neça puldan olyapsizlar? Transportirovkasi qançaga tuşyapti? Narxlarini ham bilaylik, axir. Koreyalik hamkasblarimizni ham suriştiruvga qöşaylik. Qani, bularning öşa koreys hamtovoqlarining «somonxona»si qayergaça ekan?