Çernogoriyada koronavirus bilan kasallanişning ikkita holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat hukumati Twitter’da xabar berdi. Şu tariqa, virus Yevropaning barça mamlakatlarida aniqlandi.
Çernogoriya hukumatining Twitter’da aniqlik kiritişiça, koronavirus 1948 yil va 1973 yilda tuğilgan ikki ayolda tasdiqlangan. Ikkalasi ham virus tarqalişi qayd etilgan joylarda bölib qaytgan. 15 mart kuni boş vazir örinbosari Milutin Simoviç Çernogoriya öşa paytda kasallik qayd etilmagan yagona mamlakat ekanligini bildirgandi. Öşanda mamlakat çet elliklarning kirib kelişini vaqtinça çeklaş haqida körsatma berdi, bu, Simoviçning sözlariga köra, mamlakatda koronavirus paydo bölişini keçiktiriş uçun qilindi. Qoidalar, xususan, Çernogoriyada doimiy yaşovçilarga, şuningdek, mamlakatga tovar olib kiradigan çet elliklarga nisbatan qöllanilmaydi.
Şuningdek, Çernogoriya rasmiylari çet eldan kelgan mahalliy fuqarolar va uzoq muddatli vizalarga ega xorijiy mehmonlarga özlarini izolyatsiya qiliş töğrisida talab qöydi. Bundan taşqari, mamlakatda tungi klublar, restoranlar (uylariga oziq-ovqat yetkazib beradiganlar bundan mustasno), savdo va fitnes-markazlar, şuningdek, boşqa muassasalar kamida 15 kunga yopildi.
Öz navbatida, Italiya Fuqaro muhofazasi departamenti rahbari Anjyelo Borrellining xabar berişiça, sönggi bir kun içida Italiyada yana 345 kişi yangi koronavirus tufayli kelib çiqqan asoratlardan vafot etdi. Bu haqda ANSA ma'lumot berdi.
Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 503 kişiga yetdi, dedi u.
Borrellining sözlariga köra, hozirgi kunda Italiyada 26 062 bemor koronavirus bilan kasallangan, bu raqam bir kunda 2 989 kişiga ortdi.
Şu bilan birga, sönggi bir kun içida mamlakatda 192ta tuzalib ketiş holati qayd etildi, deya ta'kidlagan Borrelli. Umumiy hisobda 2,9 mingdan ortiq bemor davolandi.
Avvalroq, Yevroittifoqqa a'zo davlatlar ittifoq a'zosi bölmagan davlatlar fuqarolarining kirişini 30 kunga çeklab qöyişga kelişib olgan edi. Germaniyada ma'lum qilinişiça, Buyuk Britaniya, Lixtenşteyn, Islandiya, Norvegiya va Şveytsariya fuqarolariga, şuningdek, ularning oilalariga tranzit orqali mamlakat böylab ötişga ruxsat beriladi. Çeklovlar favqulodda holatlar (masalan, dafn marosimi yoki sud jarayoni) tufayli YeIga kiradiganlarga nisbatan qöllanilmaydi.
South China Morning Post’ning sönggi hisob-kitoblariga köra, dunyo böylab 182 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirgan. Bundan taşqari, hozirda Xitoydan taşqarida kasallanişlar soni mamlakat içida yuqtirib olganlar sonidan oşib ketgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) ma'lumotlariga köra, 16 mart holatiga köra XXRdan taşqarida 86 mingdan ortiq kasallaniş holati aniqlandi, 3 388 kişi vafot etdi. Ötgan hafta JSST Yevropani koronavirus pandemiyasining öçoği deb atadi.













