Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing ötkazildi. Unda koronavirusga çalingan bemorlarning ahvoli töğrisida ma'lumot berildi.
Bahrom Almatovning sözlariga köra, koronavirusga çalingan ilk bemorlar soğaymoqda.
«Bugun koronavirus kasaliga çalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli örta oğir, barqaror. Uşbu kasallikka çalingan ilk bemorlar soğayib bormoqdalar, ular özlarini yaxşi his etişmoqda.
Davolaş muassasalarimizda taşkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, öz vaqtida taşxis qöyiş va samarali davolaş uçun barça şaroit mavjud», - Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori.
Bundan oldin, Bahrom Almatov agar koronavirusga çalingan fuqarolar töliq tuzalib çiqsa, kasallik qaytalanmasligi haqida aytgandi.









