Adliya vazirligi bu borada tuşuntiriş berdi.

Şaxsga doir ma'lumotni oşkor qiliş mumkinmi?

Qonunlarimizga köra, har bir fuqaro şaxsiy daxlsizlik, öz şa'ni va obrösiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga aralaşişdan himoyalaniş huquqiga ega.

Şaxsga doir ma'lumot muayyan jismoniy şaxsga taalluqli bölgan yoki uni identifikatsiya qiliş imkonini beradigan axborotdir. Unga şaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tuğilgan yili va joyi, manzili, abonent raqami, kasbi töğrisidagi va boşqa ma'lumotlar kiradi.

Şaxsga doir ma'lumotlar maxfiy hisoblanib, bunday ma'lumot şaxsning roziligisiz yoki boşqa qonuniy asos mavjud bölmagan holda oşkor qilinişga yoki tarqatilişiga yöl qöyilmaydi.

Şaxsga doir ma'lumotlarni keng doiradagi şaxslarga oşkor etiş, ularni OAVlarda ma'lum qiliş, Internetga joylaştiriş yoki boşqa biror-bir usul bilan foydalaniş imkonini beriş ularni tarqatiş hisoblanadi.

Uşbu ma'lumotlarni tarqatiş ma'lumot taalluqli bölgan şaxsning roziligi bilan amalga oşirilişi kerak. Uşbu ma'lumotlarni qonunga xilof ravişda tarqatganlik uçun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Şifokor sirini jamoatçilik manfaatlari yölida oşkor qiliş mumkinmi?

Şifokor siri – fuqaroning tibbiy yordam sörab murojaat qilganligi, uning soğliğining holati, kasalligiga qöyilgan taşxis xususidagi hamda uni tekşiriş va davolaş davomida olingan boşqa ma'lumotlardan iborat böladi.

Şifokor sirini ham fuqaroning roziligisiz oşkor qilişga yöl qöyilmaydi. Biroq qonunda istisno holatlar bor.

Masalan, yuqumli kasalliklar tarqalişi, yalpi zaharlaniş  va zararlaniş xavfi tahdid solganida, şifokor siri hisoblangan ma'lumotlarni fuqaroning roziligisiz oşkor qilişga yöl qöyiladi.

Faqat ma'lumotni keng ommaga emas, balki bunday ma'lumotlar oşkor qilinişi mumkin bölgan şaxslar doirasigagina berilişiga alohida e'tibor qaratiş lozim.

Xorijda qanday?

Dunyoning aksar mamlakatlarida şaxsga doir ma'lumotlarni oşkor qiliş şaxsiy hayot daxlsizligi huquqi doirasida taqiqlangan yoki çeklovlar örnatilgan.

Şifokor siri masalasida jahon amaliyotiga nazar taşlasak, AQŞning ayrim ştatlarida oğir yuqumli kasalliklar aniqlanganda şifokor bemorga tegişli maxfiy axborotni oşkor qilişiga yöl qöyiladi.

Buyuk Britaniyada şifokor bemorning roziligisiz unga tegişli bölgan maxfiy axborotni, agar uşbu axborot jamoat manfaatlariga ta'sir qilsa, oşkor qilişiga yöl qöyiladi. Biroq AQŞda ham, Buyuk Britaniyada ham uşbu qaror yetarliça asoslarga ega bölmasa, bemor uni sudga berişga haqli.

Xulosa

Yuqoridagilardan kelib çiqib, şifokor tomonidan bemorning roziligisiz u haqidagi ma'lumotni faqat ma'lum şaxslar doirasiga oşkor qiliş mumkin degan xulosaga keliş mumkin. Öz navbatida bunday axborotning özgaga berilişi u haqida ma'lumot oşkor qilinayotgan şaxsning huquqlari buzilişiga olib kelmasligi lozim.