Özbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgaça 37 nafarga yetdi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Bundan oldin, Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 33 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Avvalroq, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirusga çalingan bemorlarning ahvoli töğrisida ma'lumot bergandi.

«Bugun koronavirus kasaliga çalingani aniqlangan bemorlarning ahvoli örta oğir, barqaror. Uşbu kasallikka çalingan ilk bemorlar soğayib bormoqdalar, ular özlarini yaxşi his etişmoqda. 

Davolaş muassasalarimizda taşkil qilingan dori-darmonlar zaxirasi, tibbiy asbob-anjomlar, öz vaqtida taşxis qöyiş va samarali davolaş uçun barça şaroit mavjud», - Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori.