Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yiğinlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan fuqarolar yiğinlari va profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Vazirliklar, idoralar va boşqa taşkilotlar Fuqarolar yiğinlari va profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizomda nazarda tutilgan ma'lumotlarni tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimining söroviga muvofiq taqdim etilişi va ularning haqqoniyligini ta'minlaş çoralarini köradi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hamda tuman (şahar) hokimliklari reyting baholaş natijalari böyiça fuqarolar yiğinlari, ularning xodimlari, profilaktika (katta) inspektorlari va jamoatçilik asosida mehnat qilayotgan şaxslarni rağbatlantiriş uçun zarur bölgan mablağlar mahalliy budjetning orttirilgan qöşimça mablağlari hisobiga ajratilişini ta'minlaydilar.

Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligining Fuqarolar yiğinlari va profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizom talablariga muvofiq fuqarolar yiğinlari xodimlari, profilaktika (katta) inspektorlari va jamoatçilik asosida mehnat qilayotgan şaxslarga respublika hududidagi sanatoriylardan birida soğliğini tiklaş uçun bir marotabalik bepul yöllanma beriş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Fuqarolar yiğinlari va profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizomga köra, fuqarolar yiğinlari faoliyatini reyting baholaşda (keyingi örinlarda reyting baholaş deb ataladi) fuqarolar yiğinida yaşovçi aholining ijtimoiy hayotida mavjud bölgan jami muammolar (ular xonadonma-xonadon yuriş orqali) aniqlanadi.

Uşbu muammolar – yeçimi fuqarolar yiğinlari xodimlarining sa'y-harakati bilan hal etilgan muammolarga hamda fuqarolar yiğinlarining taşabbusi bilan mutasaddi idora va taşkilotlar yordamida hal etilgan muammolarga saralanib, mazkur körsatkiçlar umumlaştirilgan holda baholanadi.

Fuqarolar yiğinlari va profilaktika (katta) inspektorlari faoliyati baholaşda eng muhim körsatkiçlar etib quyidagilar belgilanadi:

Tegişli hududda yaşovçi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini taşkil etişga kömaklaşiş;