«Içimlik, oqova, issiq suv ta'minoti korxonalari tomonidan körsatilayotgan xizmatlarga karantin davrida tölovlar uçun jarimalar va penyalar joriy etilmaydi. Qarzdor iste'molçilar böyiça sudlarga da'vo arizalari kiritilmaydi.
Şuningdek, iste'molçilar suv va kanalizatsiya tarmoqlardan uzilmaydi. Şu bilan birgalikda, tölovlarni masofadan turib amalga oşiriş, tegişli savollariga javob oliş maqsadida www.mjko.uz rasmiy sayti va www.mjkouzbot telegeram tarmoqlarida iste'molçilar uçun maxsus sahifalar yaratilgan.
Bundan taşqari, suv hisoblagiçlarning davlat qiyoslov körigi muddati yaqinlaşgan yoki muddati kelgan suv hisoblagiçlari böyiça hisob-kitoblar avvalgi örtaça kunlik me'yorlar asosida amalga oşiriladi», dedi Ğofir Jamolov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus ştabida taşkil etilgan brifingda.
Qöşimça qilinişiça, aholiga içimlik suv va issiqlik energiyasi uzluksiz yetkazib berilişini ta'minlaş maqsadida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan işçi-xodimlarning bir qismi tavsiya etilgan şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda iş faoliyatini davom ettirmoqda. Qolgan qismi maksimal darajada masofaviy mehnat faoliyatini olib boryapti.








