BMT boş kotibi Antoniu Guterreş koronavirus sababli dunyodagi barça nizolarni töxtatişga çaqirdi.
"Dunyo umumiy duşman - COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan yuzma-yuz turibdi. Virus irqi, millati yoki dinidan qat'iy nazar barçani mahv etmoqda. U barçani şafqatsizlik bilan qirmoqda. Şu bilan birga, butun dunyoda qurolli nizolar avj olgan. Jilovsiz virus uruş telbaliklarini namoyiş etmoqda. Şu bois dunyoning barça burçaklarida öt oçişni zudlik bilan töxtatişga çaqiraman", - dedi Guterreş.
Guterreş uruşlardan xarob bölgan davlatlarda tibbiy xizmat tizimi jar yoqasida ekanligini aytdi. U tibbiyot xodimlari tez-tez hujumlarga duç kelişayotganini ta'kidladi.
"Qurolli nizolarga çek qöyiş va birgalikda hayotimizdagi haqiqiy kuraşga e'tiborimizni qaratiş vaqti keldi. Men uruşayotgan tomonlarga murojaat qilmoqçiman: harbiy harakatlarni töxtating", - dedi BMT boş kotibi.
Sönggi ma'lumotlarga köra, butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 350 mingga yaqinlaşdi, şundan 100 mingdan oşiq kişi tuzalib ketdi, 15 297 kişi vafot etdi.
Özbekistonda 23 mart holatiga köra, virus yuqtirganlar soni 46 nafarni taşkil etmoqda.









