«Umumiy ovqatlaniş korxonasi soliq tölovlarini qiynalib tölay olmay qolsa, yanvar, fevral, mart oylari ötdi, mana şu uç oy qilingan aylanmasi böyiça hisobotini beradi. Hisobot bergandan keyin çiqadigan summani tölaşga töğri keladi. Bu aprel oyiga töğri keladi.

Mana şu holatda qarzdor bölib qolsa, tuşumi yöq, soliqni tölay olmasa, qarzdorlik böyiça majburiy undiruv çorasi körilmaydi. Unga penya ham hisoblanmaydi. Ya'ni soliqlarni vaqtida tölamaganda har bir keçiktirilgan kun uçun olinadigan foiz hisoblanmaydi», dedi Davlat soliq qömitasi rais örinbosari onlayn brifingda.

Fazliddin Umarov

Şuningdek, Fazliddin Umarov umumiy ovqatlaniş şoxobçalarining karantin davrida xususiy obektdan foydalanganlik uçun ijara tölovini tölaş tartibiga izoh berdi.

«Ijara şartnomasi 2ta sub'yekt örtasida tuziladi va unga davlat idoralari aralaşişi mumkin emas. Bu Fuqarolik kodeksida belgilab qöyilgan.

Hozirgi sinov davrida hammamiz bir tanu-bir jon bölib jipslaşişimiz kerak. Ijaraga bergan şaxs ham özimizning fuqaro, tuşunişi kerak deb hisoblaymiz», dedi u.

Fazliddin Umarov umumiy ovqatlaniş faoliyatini taomlarni yetkazib beriş (dostavka) orqali davom ettirişi mumkinligini qöşimça qilib ötgan.

Eslatib ötamiz, mamlakat hududidagi barça umumiy ovqatlaniş korxonalari faoliyatini vaqtinça töxtatiş haqida respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilingan, respublikada mavjud 13 858ta umumiy ovqatlaniş korxonasi (yoki filiali) töliq qamrab olinib, ularning faoliyati vaqtinça töxtatilişi ta'minlangan edi.

Ma'lumot uçun, davlat mulki obektlaridan ijara şartnomasi asosida umumiy ovqatlaniş, öquv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boşqa sohalarda foydalanib kelayotgan, ammo karantin sababli faoliyati vaqtinça töxtatilgan tadbirkorlik sub'yektlariga 24 mart sanasidan boşlab, foydalanmagan davri uçun heç qanday ijara puli hisoblanmaydi va tölanmaydi.