Davlat aktivlaridan ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan tadbirkorlardan ijara puli olinmaydi
24 martdan boshlab umumiy ovqatlanish, o‘quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelinayotgan tadbirkorlik subektlariga ijara puli hisoblanmaydi.

AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan navbatdagi onlayn brifingda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov tomonidan mamlakatda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatda tadbirkorlarga berilayotgan yengilliklar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Mo‘min Ibodovning ma'lum qilishicha, karantin sababli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan davlat mulki obektlaridan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga 24 mart sanasidan boshlab, foydalanmagan davri uchun hech qanday ijara puli hisoblanmaydi va to‘lanmaydi.
Ular sirasiga umumiy ovqatlanish, o‘quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda foydalanib kelinayotgan tadbirkorlik sub'yektlari kiradi.
Bundan tashqari, karantin davrida investitsiya majburiyatlari bajarilishini kechiktirganlik uchun penya va jarimalar hisoblanmaydi va majburiyat bajarilmagani uchun shartnomalar bekor qilinmaydi.
«Pandemiya bilan bog‘liq holatda investorlar duch kelgan va duch kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan yana biri investitsiya majburiyatlarining o‘z vaqtida bajara olmaslik bilan bog‘liq.
Vaziyatni yumshatish maqsadida shu davrda investitsiya majburiyatining bajarilishini kechiktirganlik uchun penya hamda jarimalar hisoblanmaydi va majburiyat bajarilmagani uchun shartnomalar bekor qilinmaydi.
Aksincha, Inqirozga qarshi kurash Respublika komissiyasi va uning hududiy shtablarining qarorlariga ko‘ra, tadbirkorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishi muddatlari uzaytirib beriladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022